Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
yuechj:i», Nan’shan toglarida qolganlari esa «Kichik YUechji
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qang’li
- Kushon podsholigi
yuechj:i», Nan’shan toglarida qolganlari esa «Kichik YUechji» nomini oldilar. Keyinroq
YUechjilar butun Baqtriyani ishg’ol qildilar va o`zlarining konfederativ davlatini tuzdilar. Bu konfederatsiyalar: 1. Xyumi (Syumi) 2. SHuanmi 3. Guyshuan’ 4. Xisi. 5. Xuanmi Qang’li — turkiy qabilalar uyushmasi O`rxun—Enisey yozuvlarida «kanxaras» deb atalgan, xitoy manbalarida Qang’ davlati Qang’yuy deb atalgan. Qang’lilar mil. av.gi III asr oxirlarida Sirdaryo bo`ylarida yirik Qang’ davlatini tuzganlar Poytaxti — Qang’dez bo`lib, mil. av.gi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. X asr oxirlarida ularning katta bir qismi shimoliy — g’arbga siljib, emba va Ural (YOyik) daryolari oralig’ida joylashgan. XI asrda ularning ko`pchiligi Kichik Osiyo, Bolgariya va Vengriya erlariga o`tib mahalliy aholiga, ayrim guruhlari esa Volga bo`ylariga kelib boshqird, tatar xalqlariga qo`shilib kelgan. XI asrning oxiri — XII asrning boshlarida Qang’lilarning katta guruhi Sirdaryo bo`ylariga qaytib kelganlar. O`rta asrlarda qang’lilar O`rta Osiyo davlatlarining ichki siyosatida faol ishtirok etganlar. Qang’lilar yarim o`troq holda yashab dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Ular bir necha urug’larga bo`linishgan Jumladan, sariq — qang’li, qora—Qang’li, qizil— Qang’li, bobo—Qang’li, olmish—qang’li, bo`ka—qang’li va xokazo. Kushon podsholigi – milodiy 1 asrning boshi yoki o`rtalarida YUechjilarning Kushon (Xitoychada Guyshuan) podsholigining kuchayishi natijasida paydo bo`lgan. «Kushon» atamasi sulola yoki qabila nomidan kelib chiqqan. Kushonlarning ilk hududlari shimoliy Baqtriya, Tojikiston, O`zbikistonning janubida joylashgan. Podsholikni asoschisi YAbg’u (qirol), keyinroq esa podsho nomini olgan Kudzula Kadfiz (Kadfiz I) davrida kushonlar hozirgi Afg’oniston va Tojikistonning kattagina qismini bosib oldilar. Uning vorisi Vima Kadfiz davrida kushonlarga 10 Xindistonning kattagina qismi buysunadigan bo`ldi. Kanishka I davrida Kushon podsholigi o`zining rivojlangan pallasini boshidan kechirdi. O`rta Osiyoda kushonlarning shimoliy chegaralari O`zbekiston janubidagi Xisor tog’ tizmalaridan o`tgan, hamda tog’li dovon (Darband) da chegara devorlari qurilgan. Kushon podsholigi davrida turli eralar mavjud bo`lgan. (Salavkiylar, Vikroma, Saka eralari va boshqalar). SHuningdek, Kanishka I hukmronligi davrida Kanishka erasi boshlangan. Ushbu era dlvrida quyidagi podsholar hukmronlik qilgan: Kanishka I — 1—23 yillar, Vasishka — 24—28 yillar, Xuvishka — 28—60 yillar, Kanishka 11—41 yil; Vasudeva (Kanishka III) – 64—98 yillar. Kushon davlati teokratik davlat bo`lib, podsho mamlakachning bosh kohini bo`lib ham hisoblangan. Podsholik satrapliklarga bo`linib, satraplar birmuncha mustaqil siyosat olib borganlar. Kushon podsholigi quldorchilik davlati bo`lib, aholining asosiy qismi qishloq aholisidan iborat bo`lgan. Diniy siyosatda kushon podsholari erkinlikni ta`minlaganlar, chunki davlat hududida buddizm, zardo`shtiylik keng tarqalgan bo`lsa, davlatning boshqa joylarida xind, eroniy, yunon va misr dinlari tarqalgan. Pul munosabatlari savdo va hunarmandchilikning keng rivojlanishi bilan shakllangan. Pul tizimi oltin va mis tangalardan iborat bo`lgan. III asrning birinchi yarmi yoki o`rtalarida Kushon davlati tugatiladi. Baqtriya — Toxariston sosoniylar qo`liga o`tib, sosoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan. Ular esa o`z navbatida Kushonlar nomi ostidagi yorliq bilan davlatni idora qilganlar Ilk o`rta asrlarga oid tarixiy atamalarga nazar tashlaydigan bo`lsak, avvalo eftallar atamasiga duch kelamiz. Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling