Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
CHokar — O`rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo`lgan qurollangan yigitlar guruhi. Ixshid
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
CHokar — O`rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo`lgan qurollangan
yigitlar guruhi. Ixshid — Sug’d hokimlarining nasabi, unvoni. Tarixiy ma`lumotlarga Sug’d arab halifaligi tomonidan istilo qilingunga qadar bu erda 13 ixshid hukmronlik qilib turgan. Bo`dun — chorvador aholi, qora bo`dun — qora xalq. Ilk O`rta asrlarda O`rta Osiyoda feodal munosabatlarining o`rnatilishi bilan ilk o`rta asr shaharlari vujudga kela boshladi. Bu davrda ayrim markaziy shaharlarining tashqi devorlariga tutashgan joylarda hunarmandchilik mavzelari paydo bo`ladi. Atrofi devor bilan o`ralmagan bu istehkomsiz mavzelar manbalarda «rabot» nomi bilan eslatiladi. Keyinchalik rabotlar ham devor bilan o`rab olinadi. Rabotlarda hunarmandchilik mahallarlaridan tashqari savdogarlar, o`zga yurtlardan kelgan musofirlar uchun karvonsaroy, bozor, ibodatxona va daxmalar qad ko`taradi. SHunday qilib, shaharlar yonboshida rabodlarning qad ko`tarishi bilan ilk o`rta asrlarda ular uch qismli bo`lib qoladi. Uning podshox qasri joylashgan qismi «ark», ichki shahar, «shaxriston» deb yuritiladi. SHaharning uchala qismi ham alohida — alohida devorlar bilan o`rab olinadi. Ularning bir nechta darvozalari bo`lgan. Manbalarda ta`rif etilishicha, VIII asrda Buxoro besh qismidan iborat bo`lib, u besh qator devorlar xalqasi bilan o`ralgan edi. SHahar devorlari bo`ylab oqib o`tgan anxor xandaq vazifasini bajargan. Ilk o`rta asrlarda shahar va qishloq aholisi «naf» deyilgan. Ijtimoiy jixatdan u bir nechta tabaqaga bo`lingan. Mulkdorlar «ozod», shahar hunarmandlari «ozodkor», ziroatkorlar «kashovarz», xizmatkorlar «korikor», mute qo`shchilar «kadivar», qul va cho`rilar: erkaklar 12 «bantak» va ayollar «doya» deb yuritilgan. Aslzoda — «ozod»lar tabaqasiga podshox, mahalliy hukmdorlar va feodal dehqonlar kirgan. Bulardan tashqari, So`g’dda ibodatxonalar va ularning tasarrufida mulk va erlar 6o`lgan ibodatxonlar «vag’n», uning bosh ruhoniy mulozimi, ya`ni kohini «vag’npat» deb yuritilgan. Kohinlar tasarrufidagi erlar esa «vag’nze» deb atalgan. Qadimgi jamoa tuzumi insoniyat tarixida eng uzoq davrini o`z ichiga olgan. U odamzodning paydo bo`lishidan tortib to feodalizm davrigacha davom etgan. Ibtidoiy jamoa kishilari ibtidoiy to`da va urug’— aymoqchilik deb ataladigan ikki davrni o`z boshidan o`tkazgan. Urug’ —aymoqchilik jamoasiga o`tish bilan odamlarning yashash tarzi o`zgarib, er yuzining ba`zi joylarida termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan esa chorvachilikka o`ta boshlagan. Asta—sekin odamlar hunarmandchilikni ham o`zlashtira boshlaganlar. Avvalo ularning diniy e`tiqodlari bilan bog’liq tarixiy atamalarga to`xtalsak. Ibtidoiy jamoa odamlarining dastlabki e`tiqodlari tabiat oldidagi nochorchiliklaridan yuzaga kelgan. SHulardan biri totemizm bo`lib, ibtidoiy jamoa odamlari totemlarga — hayvon va o`simliklarga sig’inishgan. Har bir qabila o`zining totemiga ega bo`lgan. O`z navbatida ushbu totemni o`ldirish, iste`mol qilish ta`qiqlangan. Fetishizm (fr. fetich — tumor so`zidan olingan) — jonsiz predmetlarga e`tiqod qilishni anglatadi. Fetishizm predmeti bo`lib munchoq, tumor kabilar asosiy o`rinni egallagan. Hozirgi dinlarda ham ba`zi bir predmetlar fetishizmga misol bo`la oladi. Masalan, Makkadagi Qoratosh islom dinida, krest (xoch) xristianlik dinida muqaddas sanaladi. Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling