Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Senat — (lot senatus, senex — qariya) — Qadimgi Rimda respublika davrida yuqori  hokimiyat organi hisoblangan. Afinada oddiy xalq demos


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Senat — (lot senatus, senex — qariya) — Qadimgi Rimda respublika davrida yuqori 
hokimiyat organi hisoblangan. Afinada oddiy xalq demos deb atalgan Demosning ko`pchiligini 
oddiy dehqonlar, hunarmanddar dengizchilar, matroslar va mardikorlar tashkil qilgan. Mil. av.gi 
VIII — VII asrlarda demosning bir qismi boyib ketgan. Ularning orasida boy savdogarlar, kema 
va ustaxonalarning egalari, shuningdek badavlat dehqonlar etishib chiqqan Ularning ixtiyorida 
ham qullar bo`lib, ayni paytda ular mardikor yollab ishlatar edilar. Ammo demosning xuquqi 
cheklangan bo`lib, ular aslzodalarga tobe edilar. 
Xindistonda mil. av.gi I ming yillikiing birinchi yarmida tepasida podsho turgan ko`pgina 
davlatlar tashkil topa boshlagan. Mulkiy tengsizlikning kuchayishi jamoaning turli varnalarga 
— toifalarga bo`linishiga olib kelgan. Bular braxmanlar kohinlar, kshatriyalar, vayshilar va 
shudralardir. 
Mil. av.gi XIII asr boshlarida Lakonikani doriylar istilo qiladilar. Doriylar evrat 
daryosining o`ng soxilida bir shahar barpo qilganlar. Ular bu shaharni Sparta deb, o`zlarini esa 
spartaliklar deb ataganlar. Istilochi doriylar Lakonikani bosib olganlaridan so`ng qo`shni 
Messeniyani ham istilo qilganlar. Spartaliklar itoat ettirilgan aholining ko`pchilik qismini qul 
qilganlar. Qul qilingan mahalliy aholi ilotlar deb atalgan. Bu so`zning ma`nosi «asir olingan» 
demakdir. 
Mil. av.gi V — IV asrlarda butun YUnonistonda hunarmandchilik rivojlandi. Afina va 
boshqa shaharlarda to`qimachilik, zargarlik, kulolchilik, tikuvchilik, qurolsozlik va me`morchilik 
avj oladi. Bu erda xar xil hunarmandchilik ustaxonalari va ishxonalar ergastitsiya deb atalgan. 
Gladiator — (lot gladiatr gladius — qasos) — Qadimgi Rimda qullar, harbiy asirlarning 
tsirk sahnalarida bir—birlari bilan yoxud yovvoyi hayvonlar bilan urushishiga majbur etilgan 
qismi. Ular maxsus maktablarda o`qitilganlar (Rimda Kapuya va Prenestda ana shunday maxsus 
maktablar bo`lgan) V asrdan boshlab gladiatorlar janglari to`xtatilgan.


15 
Aytish mumkinki qullar mehnatini samarasizligini ko`rgan ko`pgina er egalari o`z 
xo`jaliklaridagi erlarni kichik—kichik qismlarga bo`lganlar. Ular bu erlarni ersiz erkin 
kambag’allarga ijaraga berganlar. Kichik—kichik erlarni ijaraga olgan kishilar Rimda kolonlar 
deb atalgan. 
Qadimgi Rim tarixida etrusklar alohida iz qoldirganlar. Qadimgi Rimliklar ularni 
«tusklar» yunonlar «tirrenlar», o`zlari esa o`zlarini «rasen»lar deb nomlaganlar. Midollan 
avvalgi VIII — VII asrlarda etrusklar Podus (Po) daryosining quyi oqimi bilan Tibr daryosi 
oralig’idagi erlarda yashaganlar. etrusklar jamiyati ham quldorlik jamiyati bo`lgan. Ularda 
hukmdorlar luxomon qaram kishilar latunlar deb atalgan. 
Teatr (yunon theatron—kurish joyi, tomoshagox) ma`noni anglatib san`at turi hisoblanadi. 
Unda saxna xaraqatli namoyish etiladi. Teart manbasi bo`lib Qadimgi ov va qishloq xo`jalik 
o`yinlari, oilaviy xalqurf–odatlari xizmat qilgan. Qadimgi yunonistonda teatrning turli shakllari 
bo`lib, ular o`z an`analari va saxna texnikasiga ega bo`lgan. Teatr tomoshalarining xilma xil va 
boy shakllari Xindiston, Xitoy, Indoneziya, YAponiya va boshqa mamlakatlarda ham mavjud. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling