19
Sayidlarning qiziga uylangan kishining farzandlari ham sayid hisoblangan.
Mana shuning uchun
ham musulmon dunyosida, jumladan Movarounnahrda ham ko`pincha hukmdorlar ham o`z
avlodlarining mavqeini ko`tarish maqsadida sayidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan.
Mang’itlar sulolasining so`nggi vakili Sayd Olimxon ona tomonidan Alining avlodi hisoblangan.
Xo`ja – tom ma`noda, asosan YAqin va O`rta SHarq. xalqlari o`rtasidagi feodal ijtimoiy
tabaqa. Xo`jalar sayidlardan keyingi o`rinda turgan. Keng ma`noda feodal jamiyatdagi hukmron
tabaqalar vakili. Xo`jalarning kelib chiqishi xaqida turli fikrlar mavjud. Ba`zi ma`lumotlarga
qaraganda xo`jalar dastlabki to`rt halifa — Abu Bakr, Umar, Usmon,
Alidan tarqalgan deyilsa,
boshqa manbalarda arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan
sarkardalarining nasli deb hisoblanadi. Xo`jalar Islom oqsuyak tabaqasi sifatida ma`lum
imtiyozlarga ega bo`lganlar. Ular ko`p hollarda o`lim,
tan jazosi, urushlarda qatnashishi hamda
soliq to`lashdan ozod etilganlar. Xo`jalar qizini fuqaroga berish man etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: