Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
–mavzu. Kirish. Аtаmаshunоslik fаn sifаtidа
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
1–mavzu. Kirish. Аtаmаshunоslik fаn sifаtidа Rеjа: 1. Kursning mаqsаd vа vаzifаlаri. 2. Аtаmаlаr vа ulаrning tizimi. 3. Аtаmаlаrning shаkl vа turlаri. Аtаmаlаrning mа’nоsi. Atama so`zi (termin — «terminus») — marza, chegara so`zlaridan olingan. Qadimgi Rimda Termin xudosi bo`lib, u marzali toshda turgan. YUpiter ibodatxonasida ya`ni Kapitoliyda saqlangan. Zamonaviy ma`noda atama — so`z yoki so`z, birikmasi bo`lib, ijtimoiy — siyosiy shayotdagi, fan, texnika va san`atdagi biror bir ma`noni, tushunchani anglatadi. Oddiy so`zlardan farq qilib atamalar, o`zining aniq semantik chegaralariga ega. Atamalar hamma vaqt ham o`z ma`nosini anglatavermaydi. Har qanday ilmiy va texnik sohada ko`p miqdordagi omonim — atamalar va sinonim — atamalar mavjud. Bu esa ma`lum ma`noda noqulayliklar tug’diradi. SHuning uchun ham fan va texnikadagi atamalarning tartiblash ishlari bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Ijtimoiy — siyosiy, ilmiy va texnik atamalar hozirgi kunda bir tildan boshqa tilga o`tib xalqaro leksik fond tarkibiga kirmoqda. Atamalar ulkan ilmiy ahamiyatga ega. Tabiat va jamiyatdagi mavjud xodisani o`rganish uchun uning aniq nomini bilish talab qilinadi. Bunda atama tushunchani izozhlabgina qolmay, uni bir—biriga yaqin bo`lgan so`zlardan farqlaydi. 3 Atamalarning paydo bo`lishidagi bir yo`l – bu unga muhim atamashunoslik ahamiyatini berish sanaladi. Ko`p hollarda atama umum adabiy tildan hosil bo`lgan holda omonim bo`lib qoladi va o`z manbasiga nisbatan ma`lum ma`noda yoki umuman aloqasini uzadi (Masalan, «operatsiya» — jarrohlik operatsiyasi yoki bank operatsiyasi, «polotno» — temir yo`l polotnosi yoki matoli polotno). Ko`p hollarda atama lug’at tarkibidagi so`zlardan so`z qo`shish yo`li bilan yasaladi (chang yutgich, to`rt yulduz) yoki qo`shma so`z yasash bilan yasaladi (temir yo`l, to`g’ri burchak). Atamalar yasashda ko`pincha lotin va yunon tili elementlaridan foydalaniladi. (Masalan, «termometr»—yunoncha issiqlik va o`lchayman so`zidan olingan, «ekvivalent»—lotincha quus—to`g’ri, valens (valent— o`zak) — kuchli, qimmatli). Ba`zi hollarda atamalar turli tillardan kal’kalash yo`li bilan hosil bo`ladi. (Taqqoslash uchun «besh yillik reja» nemis tilida Funfens plan, frantsuz tilida plan quin quennal, ingliz tilida five years' plan). Kal’ka — so`z yoki ibora bo`lib shu so`z zamirida yoki boshqa tildagi talaffuzidan kelib chiqib ona tiliga o`girilishi tushuniladi. So`zlarni kal’kalaganda aniq morfologik tasavvur hosil bo`ladi. (Masalan, XVIII asrda ruscha «so—sredotochit’» so`zi morfemali tarjima qilish yo`li bilan). Kal’ka yo`li bilan ba`zan xorijiy tillardagi butun konstruktsiyalar o`sha tildan aynan shunday tarjima qilinadi. (Masalan, "vaqtni yo`qotmoq" frantsuzcha «tuer Ie temps», inglizcha «kill the time», nemischa «die Zeit totschalgen»). Ruschadan besh yillik plan, sotsialistik musobaqa kabi so`zlar bevosita kal’kalash yo`li bilan zamonaviy tilimizga ko`chgan. Atamashunoslik (terminologiya) so`zi lotincha «terminus» — termin va yunoncha «logos» — so`z farqlayman kabi so`zlaridan olingan. Tarixiy atamalarning asosiy manbalariga to`xtaladigan bo`lsak, avvalo antik falsafaning rivojlanishi bilan (Aristoteldan boshlab) ilk bor falsafiy atamalar yunon tilida paydo bo`lishiga e`tibor berishimiz kerak. Keyinroq, lotin tilida ijod qilgan Terentsiy Varron, TSitseron, Kvintilman va boshqalarning xizmati bilan V asrda atamashunoslik to`la shakllanadi (Martsian Kapella va Boetsiy esdaliklarida). Keyinroq atamashunoslik roman, german, slav’yan va boshqa tillariga ko`chdi. Islom dini tarqalgan mamlakatlarda hunarmandchilikning o`sishi, san`at, savdo aloqalari va fanning rivojlanishi bilan san`at, savdo, ximiya, matematika, astronomiya, geografiyaga oid atamalarning arab tilida ko`chishini ta`minlandi. Bular keyinroq hind—Yevropa tillariga ko`chdi (Masalan, tara, tarif, al’kogol, alizarin, azimut, nodir, musson). Tarif — olinadigan yoki to`lanadigan xaq—baholar ko`rsatkichi, baho. Imtiyozli tarif, pochta tarifi, tarif jadvali. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling