61
ishtirok etmaydi, biroq uning vakili bu tashkilotning kengashlarida muttasil qatnashib turadi.
Tashkilot to`g’risidagi bitim kreditlar to`g’risidagi Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)
bosh bitimi
tuzilgandan keyin 1962 yil 24 oktyabrda kuchga kirdi. «Parij klubi»ning rasmiy maqsadi — tang
hollarda manfaatdor mamlakatlarga o`z fondidan yordam berish yo`li bilan XVFning valyuta
zaxiralarini ko`paytirishdir. Klubning bitim bilan belgilangan dastlabki fondi 6 milliard dollarni
tashkil etgan, hozirda u bir necha bor ko`paygan.
O`nlar guruhi
muntazam suratda amal kilmay, balki vaqti—vaqti bilan ikki darajada:
vazirlar va lavozimlar darajasida o`tkazilib turadigan kengash shaklida amal kiladi. Vazirlar
darajasida o`tkazilganda kengashda moliya vazirlari va markaziy banklarning boshqaruvchilari,
SHveytsariya bankining prezidenta,
XVFning boshqaruvchi direktori, Iqtisodiy Hamkorlik
va Rivojlanish tashkilotining bosh kotibi, Yevropa iqtisodiy uyushmasi komissiyasi raisi
o`rinbosari qatnashadi. Lavozimli darajadagi kengashlarda moliya vazirligi, markaziy banklar,
yuqorida ko`rsatib o`tilgan xalqaro tashkilotlar apparatidan yuqori lavozimli amaldorlar
qatnashadi. Kengash kat`iy ravishda maxfiy o`tkaziladi. O`nlar guruhi
raisi lavozimini guruh
qatnashchilari bo`lgan mamlakatlar moliya vazirlari navbat bilan egallab turadilar.
O`nlar guruhi amalda G’arbning valyuta moliya muammolarini tartibga solib turuvchi va
XVFning siyosatini belgilab beruvchi organga aylanib qoldi. XVFning ko`p karorlari, jumladan,
valyuta
kurslarini belgilash, XVF oltin zaxirasini sotish, yordam berish
shartlarini belgilash
to`g’risidagi va boshqa karorlari ularni O`nlar guruhi tasdiqlagandan keyin qabul etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: