Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Diplomatik kur’er — mansabdor shaxs bo`lib, uning vazifasiga o`z davlatining tashqi 
ishlar bilan shug’ullanuvchi idorasidan ana shu davlatning chet eldagi diplomatik 
vakolatxonasiga diplomatik pochtani olib borish va u erdan olib kelish kiradi. Diplomatik kur’er 
diplomatik immunitetdan to`la foydalanmaydi, biroq hududidan o`tib ketadigan davlatlarda 
shaxsiy daxlsizlik xuquqidan foydalanadi va sud qilinmaslik xuquqiga egadir. Xalqaro odob 
tariqasida diplomatik kur’er shaxsiy bagajini bojxona karovidan o`tqazishdan va bojxona bojlari 
to`lashdan ozod qilinadi.
Tashqi siyosat — xalqaro maydonda davlatlar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatni 
tartibga solib turuvchi siyosat. Tashqi siyosat ichki siyosat bilan chambarchas borlangan va 
davlat hamda ijtimoiy tuzumning xarakterini aks ettiradi. 
Elchi — diplomatik daraja, xalqaro xuquqda qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq I 
klass diplomatik vakil. 
Elchixona — 1) biron davlat xukumati tomonidan ikkala davlat uchun ham muhim 
bo`lgan masalalar bo`yicha diplomatik muzokaraalar olib borish uchun maxsus topshirik bilan 
boshqa davlatga yuboriladigan bir guruh kishilar
2) Biron davlatning boshqa davlat hududidagi elchi boshchilik kiladigan doimiy 
vakolatxonasi bo`lib, u diplomatik aloqalarni amalga oshirish uchun ana shu davlatlar o`rtasidagi 
kelishuvga muvofiq tuziladi. 
Agreman — (fr. agrement — rozilik) — bir davlat xukumatining boshqa davlat doimiy 
diplomatik vaqilini o`z mamlakatida qabul qilish to`g’risidagi roziligi. Agramen ikkala 
mamlakat tashqi ishlar idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib olinadi va beriladi. 
Attashe (fr Attache — aynan biriktirilgan) —1) kichik diplomatik daraja
2) elchixonalarda va missiyalarda diplomatik tarkibdagi lavozimli kishi; 


63 
3) Biror boshqa (diplomatik bo`lmagan) muassasaning muayyan soha bo`yicha mutaxassis 
sifatida elchixonalarga yoki missiyalarga yuborilgan vakili (masalan, harbiy attashe, savdo 
attashesi).
Viza (fr. Visa, lat Visus dan – karalgan) — 1) Xar qanday shaxsning biror mamlakatga 
kelishi yoki undan ketishi mumkinligi to`trisida, shuningdek, chet ellik kishining biror davlat 
hududi orqali o`tib ketishi to`g’risida uning xujjatiga rasmiy belgi; 2) Xujjatdagi rasmiy yozuv
bo`lib, u bu xujjatning tasdiklanganligini, ruyxatdan yoki tekshirishdan o`tkazilganligini 
bildiradi. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling