Davriy jadvaldagi VI a guruh elementlari olinishi, xossalari va ishlatilishi. Kislorod


Download 4.38 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi4.38 Kb.
#1437101
Bog'liq
Davriy jadvaldagi VI a guruh elementlari olinishi, xossalari va -azkurs.org


Davriy jadvaldagi VI a guruh elementlari olinishi, xossalari va ishlatilishi. Kislorod

Davriy jadvaldagi VI A guruh elementlari olinishi , xossalari va ishlatilishi.
Kislorod-davriy sistemaning oltinchi gruppasidagi birinchi element. U tipik metalloiddir. Kislorod hissasiga yer po’stlog’i, shu jumladan, atmosfera massasining 50%ga yaqini to’g’ri keladi. Erkin holatdagi kislorod havoda bo’ladi. Ammo kislorodning asosiy massasi suv, tog' jinslari, minerallar, o’simlik va hayvonot organizmlari tarkibiga kiradi
Sanoatda kislorod suyuq havodan ajratib olinadi. Juda toza kislorod suvni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Laboratoriyada kislorod bertole tuzini yoki kaly permanganatni qizdirish yo’li bilan olinishi mumkin:
suyuq havoni rektifikatsiyalash. Oldin azot uchadi, chunki uning tqayn = – 195,8 °S;
Kislorod rangsiz, hidsiz va mazasiz gazdir; u suvda oz eriydi; 20ºC temperaturada va 1 atm (101,3 kN/m2) bosim ostida 100 hajm suvda 3,1 hajm kislorod eriydi. Kislrodning inert gazlardan boshqa barcha elementlar bilan hosil qilgan birikmalri ma'lum.
Yonuvchi gazlar kislorod oqimida yondirilganda shu gazlar havoda yondirilgandagiga qaraganda ancha yuqori temperatura hosil bo'ladi. Kislorodni metallarni qirqish va payvandlashda ishlatilishi ana shunga asoslangan. Kislorod Kimyo va metallurgiya sanoatlarida ishlatiladi
Kisloroddan uchuvchilar, g'avvoslar, o't o'chiruvchilar va boshqalarning nafas olishi uchun ishlatiladigan har xil apparatlarda ham foydalaniladi. Ko'mir kukuni yoki yog'och kukuni bilan suyuq kisloroddan iborat aralashma oksilikvitlar deb ataladi
Bunday aralashmalarda kuchli portlash xossalari bo’ladi, shuning uchun ulardan portlatish ishlarida foydalaniladi. Suyuq kislorod kuchli oksidlovchi bo’lganligidan raketa texnikasida ihlatiladi.
Ozon o’ziga xos hidli, och havorang moddadir. Suvda kisloroddan ko’ra ancha yaxshi eriydi; odatdagi temperaturada 100 hajm suvda 45 hajm chamasi ozon eriydi. Toza ozon oson portlaydi. Ozonga xos kimyoviy xususiyat kuchli oksidlash xususiyati bo’lib, uning bu xususiyati kislorodnikiga qaraganda ancha kuchli.
Ozonda kuchli oksidlash xossasi bo’lganligidan u mikroorganizmlarni o’ldiradi. Shu sababli, ozon ichimlik suv va havoni zarasizlantirish uchun dezinfeksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi
Havoning tarkibi va xossalari. Havo yer sharini qurshab olgan atmosferani tashkil etuvchi gazlar aralashmasidir. Havoning tarkibiy qismlari, boshqacha aytganda, komponentlari, odatda quyidagi 3 gruppaga: doimiy, o’zgaruvchan va tasodifiy komponentlarga bo’linadi
Doimiy komponentlar azot, kislorod va inert gazlardir Havoda doimiy komponentlarning nisbiy miqdori amaliy jihatdan olganda yer sharining istalgan joyida o'zgarmas bo'ladi. Inert gazlardan havoda eng ko'p bo'ladigani argondir, havoda hajm jihatidan 0,93 % argon bo’ladi.
Suv bug’ining miqdori temperaturaga va joyning geografik o’rniga qarab juda o’zgarib turadi. Temperaturaning ko’tarilishi bilan havodagi suv bug’ining miqdori ortadi. Vatanimiz territoriyasi joylashgan kengliklarda havodagi suv bug’ining miqdori massa jihatidan 0,2-2,5 % atrofidadir.
Suyuq havo –192ºC temperaturada qaynaydi; avval, asosan azot (qaynash temperaturasi-196ºC ga teng) shundan keyin argon (qaynash temperaturasi-186ºC ga teng) uchib chiqadi. Natijada ancha toza suyuq kislorod qoladi (uning qaynash temperaturasi-183ºC ga teng) suyuq havoning N2, O2 va argon ajratib olish uchun ishlatilishi ana shunga asoslangan
Kislorod suyuq holatga azotdan ko'ra osonroq aylanganligi uchun suyuq havoda kislorodning miqdori atmosferadagiga qaraganda taxminan 2,5 baravar ortiq bo’ladi. Shu sababli, har xil moddalarning suyuq havoda yonishi odatdagi atmosfera havosida yonishiga qaraganda ancha shiddatli boradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://azkurs.org
Download 4.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling