Дебитор ва кредитор карзларни камайтириш имкониятларини аниклаш ва уларни амалётда коллащ йуналишлари


Download 0.75 Mb.
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1738827
  1   2   3
Bog'liq
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ ТАХЛИЛИ ФАНИДАН

Дебитор ва кредитор карзларни камайтириш имкониятларини аниклаш ва уларни амалётда коллащ йуналишлари.


Reja:
1.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi. 2.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo‘yicha tahlili. 3.Qarzlar dinamikasining natijaviy va samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va qoplanuvchanligi tahlili). 4.Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari.

1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi

  • Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil yetishda ularning shakllanishiga, qarzdorlikning o‘zgarishiga, qarzdorlikning muddati o‘tgan, uzaytirilgan qismiga muhim ye’tiborni qaratish lozim. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining katta summada shakllanishi korxona mablag‘larining immobilizatsiyasi, oborotdan chiqib ketishiga, likvidlikning tushishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga sabab bo‘ladi. Muddati o‘tgan, uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi ayniqsa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari o‘zaro hisob-kitoblarda mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritish va ular bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirishning turli hisobot sanalariga tushishidan ro‘y beradi. Agarda kelishilgan muddatlar yoki qonunchilikda belgilangan muddatlar oshib ketmasa, ularning yuzaga kelishi hech qanday salbiy oqibatlar olib kelmaydi.
  • Korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlarining bitta korxonada yuzaga kelishi faqat uning o‘zigagina jarayonlarni murakkablashtirmaydi, balki qarshi tomonlar bilan bog‘langan butun bir tizimdagi holatni ham izdan chiqishiga olib keladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini haqiqiy miqdorini bilish uchun ularni inventarizatsiyalash zarur. Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek‚ ularni o‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks yettirilishi kerak.5 “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga ko‘ra buxgalteriya balansida debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibining quyidagi qatorlari tarkiblanadi

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling