Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish


Kreditorlik qarzlarini boshqarish


Download 417.18 Kb.
bet3/3
Sana09.11.2023
Hajmi417.18 Kb.
#1760245
1   2   3
Bog'liq
Abduraxmonov Nurbek Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish

Kreditorlik qarzlarini boshqarish 
Mazkur jarayonda asosiy e’tibor investitsiyalarni 
qoplash vaqti va investitsiyalar samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Agarda kredit 
muddati investitsiyani qoplash muddatidan uzoqligi, shuningdek erishiladigan natija 
tegishli xarajatlardan yuqoriligi aniqlansagina kreditlarni jalb qilish lozim boʻladi. 
Kreditorlik qarzlari va debitorlik qarzlarining miqdor va vaqt jihatdan bir- biriga oʻzaro muvofiqligini ta’minlash. Mazkur jihat bevosita toʻlovga layoqatlilikni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplash maqsadida toʻlov kalendarlarini  ishlab chiqish.
Toʻlov kalendarini ishlab chiqishda faqatgina aniq sanalar belgilanib qolmasdan
mos toʻlov manbalarini oldindan belgilashga ham e’tibor qaratiladi. 
Kreditorlik qarzlarini belgilangan vaqtdan oldin qoplash bozor iqtisodiyoti sharoitidaijobiy holat sifatida tavsiflanavermaydi. 
Chunki olingan kreditlarni muddatdan oldin 
qaytarish foiz xarajatlarini kamaytirish mumkin, lekin boshqa tomondan mavjud 
mablagʻlardan samarali foydalanish imkoniyatini qoʻldan boy berishni anglatadi. 
Kreditorlik qarzlarini boshqarishda ularning ta’sir doirasini hisobga olish. Bunda 
asosiy e’tibor toʻlovni kechiktirish natijasida qoʻllaniladigan moliyaviy jarimalar yoki boshqa choralarga qaratiladi.
Shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish.
Ma’lumki, mahsulot sotish bilan bogʻliq shartnomaviy munosabatlar soliq va
majburiy ajratmalar boʻyicha kreditorlik qarzlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ya’ni oy yoki chorak oxirida mahsulot sotish boʻyicha debitorlik qarzi shakllanishioʻz navbatida navbatdagi oy yoki chorak boshida soliq toʻlovlari boʻyicha kreditorlik qarzi shakllanishiga zamin yaratadi. Agarda mazkur holatda debitorlik qarzining kelib tushish vaqti soliqlar toʻlash vaqtidan uzoqroq boʻladigan boʻlsa oʻz-oʻzidan korxonaning aylanma mablagʻlari chiqib ketishiga olib keladi. Aynan 
shundan kelib chiqqan holda har bir shartnomaviy munosabatda debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishi hamda ularning oqibatlarini oldindan baholash maqsadga muvofiq. 
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligi 
korxona va tashkilotlarda pul mablagʻlariga defitsitni yuzaga keltiradi. Natijada 
esa joriy faoliyatni moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga boʻlgan ehtiyoji oshadi va oʻz navbatida kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplay
olmaslik natijasida toʻlovga qobiliyatlilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi. Debitorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad ularning kechikishiga yoʻl 
qoʻymaslik, jarimalar qoʻllash yoki boshqa usullardan foydalanishgacha olib 
bormaslik hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad esa 
moliyaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashni tashkil etish boʻlib, unda 
kreditorlik qarzlarini toʻlab berishning kechikishi tufayli yuzaga kelishi mumkinboʻlgan qoʻshimcha moliyaviy majburiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka e’tibor qaratiladi.
Download 417.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling