Defektologiya : logopediya


Download 52.78 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi52.78 Kb.
#1515403
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Duduqlanishdagi nutq va nutqdan tashqari buzilishlarning xususiyatlari.

Kurs ishining predmeti: Duduqlanuvchi bolalarning nutq nuqsoni logoritmik tarbiya orqali bartaraf etishni o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat


KIRISH.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8 www.openscience.uz 234 xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3955-son qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash[1], bugungi kunda ta’lim tizimining eng yuqori bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimida yosh avlodni tarbiyalash masalasi ko’ndalang turadi. Ularning tarbiyasidagi aynan axloqiy xattiharakatlarini psixologik jihatdan shakllantirish bugunning dolzarb masalasiga aylanib bormoqda.


I.BOB. DUDUQLANISH
1.1. Duduqlanish tarixi
Duduqlanish — bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur’at-ohangining buzilishidir. Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan bin deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtayi nazardan yondashganiiklari va yondashayotganligi darajasi bilan bogmiqdir. Qadimgi davrlarda duduqlanishni ko'proq bosh miyada namlikning to'planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining o‘zaro noto‘g‘ri munosabati (Aristolel) bilan bog'liq holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki periferik (sirtqi) bolimlarida buzilish bolishi mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino e’tirof etdilar. X V I1—X V I11 asrlar arafasida duduqlanishni tashqi nutq apparatining yetilmaganligi oqibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan, Santorimining ta’kidlashicha,, duduqlanish qattiq tanglayning yorilgan paytida vujudga keladi va go‘yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi hamda nutqni qiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jag'ning noto‘g‘ri chuqurlashuvi va unda kichik tilcha borligi bilan; Brve-de-Sheguan — til uzunligi va og'iz bo‘shlig‘ining hajmi orasidagi o‘zaro munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bogiiq holda, deb tushuntirdi. Boshqa tadqiqotchilar duduqlanishni nutq a'zolari harakatlarining buzilishi: ovoz kovagining g‘ayriixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess); haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); muskullarnmg tilni og‘iz bo‘sh!Ig‘ida ushlab qoladigan darajada spazmatik qisqarishi (Itar, Li, Diffenbax); tafakkurva nutq jarayonining nomuvofiqligi (Blyume); kishi irodasining nutq harakati mexanizmi muskullari kuchiga ta’sir etadigan darajada mukammal emasligi (Merkel) va boshqalar bilan bogmaydilar. Tadqiqotchilaming bir qismi esa duduqlanishni ruhiy jarayonlarning borishi davomidagi buzilishlar bilan bogmashdi. Misol uchun, Blyumening flkriga ko‘ra, duduqlanish shunday paydo bomadiki, kishi yo tez fikrlaydi, natijada nutq a’zolari tomiq harakatga kirishishga ulgurmaydi va shu bois tutiladi yoki aksincha, nutqiy harakatlar "fikrlash jarayonidan o‘zib ketadi". Natijada nutq apparati muskullari ana shu nomuvofiqlikni to‘g‘rilashga harakat qilib, "changak bo‘lib qolish singari holatga” keladi. X IX asr boshlarida qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni ko‘rib chiqib, uni nutq apparatining periferik (sirtqi) va markaziy bolimlari faoiiyatidagi turli xil og‘ishlar bilan boglab tushuntirdilar. Jumladan, shifokor Vuazen (1821) duduqlanish mexanizmini nutq organlari muskul sistemasiga keladigan Serebral ta’sirlarning yetishmasligi, ya’ni markaziy asab sistemasi bilan bog'laydi. Shifokordelo (1829) duduqlanishni tovush talaffuzining buzilib chiqishi (rotatsizm, lambdatsizm, sigmatizm), tovush apparatining organik shikastlanishi yoki bosh miyaning to‘liq ishlamasligi deb lushuntirdi. U duduqlanuvchi shaxsning o‘z nutqiga nisbatan akustik diqqat-e’tibor bilan qarashini birinchi bo‘lib ta’kidladi. Shifokor Kolomba de 1'Izer duduqlanishni vokal apparat muskullarining yetarlicha innervatsiyalanmaganligi oqibatida paydo bomadigan alohida kontraktura deb hisobladi. Rossiyada ko‘pchilik tadqiqotchilar duduqlanishni nutq sohasidagi funksional buzilish, nutq nevrozi (I.A. Sikorskiy, 1889; I.K. Xmelevskiy, 1897; E. Anders, 1894 va boshqalar) deb qaradilar yoki uni nutq apparatidagi g‘ayriixtiyoriy harakatda ifodalanadigan sof ruhiy xastalik deb (Xr. Laguzen, 1883; G.R. Netkachev, 1909, 1913), psixoz deb (Gr. Kamenka, 1900) belgiladilar. X X asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari haqidagi barcha tushunchalarni uchta nazariy yo'nalishga ajratish mumkinligi aniqlandi: 1) duduqlanish nutq markazlarini muvofiqlashtiruvchi apparatning qo‘zg‘aluvchanligi zaiflashuvi oqibatida sodir bo‘Iadigan koordinatsion nevrozdir. G. Gutsman, l.A.Kussmaulning, keyinchalik I.L. Sikorskiylar duduqlanishni nevrotizm jarayoni: duduqlanish, bu - pay tortishiga o‘xshash spazmalardir, deb tushuntirishdi; 2) duduqlanish — ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishidir. Bu yo'nalish T.Gefner va E. Freshels tomonidan olg‘a surilgan. A. Libmann, G.D. Netkachyov, Yu.A. Florenskaya uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga nisbatan psixologik yondoshuv o‘zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi; 3) duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof-muhit bilan boladigan turli ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi g‘ayrishuuriy ko‘rinishdir. A. Adler, Shneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. Ulaming fikriga ko‘ra duduqlanish bir tomondan shaxs atrofdagilar bilan muloqotda bomishining turlicha imkoniyatlaridan yiroqlashish xohishida, boshqa tomondan atrofdagilarda bunday namoyishkorona xastalikka nisbatan hissiyot tuyg‘ularini jumbushga keltirish istagida namoyon bomadi. Shunday qilib, X IX asr oxiri XX asr boshlarida duduqlanish — bu murakkab psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlaming e’tirofiga ko‘ra, uning asosida fiziologik xarakterdagi buzilish yotadi, ruhiy jihatlaresa ikkilamchi xarakterga ega (A. Gutsman, 1879; A. Kussmaul, 1878; I.A. Sikorskiy, 1889 va boshqalar). Boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik ko'rinishlarni esa ruhiy noto'kisliklarning oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen, 1838; A. Koen, 1878; Gr. Komenka, 1900; T.D. Netkachyov, 1913 va boshqalar). Duduqlanishni hatto kutish nevrozi, qo'rquv nevrozi, noto‘kislik nevrozi, boglanishsiz nevroz va boshqalar sifatida ko‘rib chiqishga o'rinishlar ham bo‘!Di. X X asming 30 - va keyingi 50—60-yillarida duduqlanish mexanizmini l.P. Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va qisman nevroz mexanizmi haqidagi ta’limotlariga suyangan holda ko'rib chiqa boshlashdi. Bunda ayrim tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz alomati tarzida (Yu.A. Florenskaya, Yu.A. Povorinskiy va boshq.), boshqalar uning alohida formasi sifatida (V.A. Gilyarovskiy, M B. Xvatsev, l.P. Povarnin, N.I. Jinkin, V.S. Kochergina va boshq.) Talqin qildilar. Lekin ikkala holatda ham duduqlanish rivojlanishining bu murakkab va turlicha mexanizmlari nevroz mexanizmlari rivojlanishi uchun umuman yagonadir. Duduqlanish boshqa nevrozlar kabi qo‘zg*alish, tormozlanish va patologik shartli reileksning shakllanish jarayonlaridagi zo'riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bomadi. Duduqlanish, bu - alomat ham, alomatlar yigmndisi ham emas, balki markaziy nerv sistemasining umuman xastalashuvidir (V.S. Kochergina, 1962). Duduqianishning paydo bomishida bosh miya qobig‘idagi nerv jarayonlarining buzilgan (ulaming kuchi va harakatchanligining ortishi) o‘zaro munosabatlari muhim rol o‘ynaydi. Katta yarimsharlar qobigm faoliyatidagi nervbuzilishi, birtomondan, nerv sistemasining holati, uning me’yordan chetlashishiga tayyorligi bilan bogmangan bomishi mumkin. Boshqa tomondan, nerv buzilishi noxush tashqi omillar bilan bogmangan bomishi mumkin. V.A.Gilyarovskiy ham ulaming duduqianishning kelib chiqishidagi ahamiyatini ko‘rsatib o'tgan edi. Nerv buzilishi bola oliy nerv faoliyatida nozik bomimi - nutqning zaiflashuvida aks etadi, u nutq harakatlarining, ohangining buzilishi va tortishib qolishida namoyon bo ladi. Qobiq faoliyatining buzilishi birlamchi hisoblanadi hamda qobiq va qobiq osti oralaridagi induksion aloqalaming buzilishiga hamda shartli reflektorli mexanizmlaming izdan chiqishiga olib keladiki, ular qobiq osti tuzilishi faoliyatini moslashtirib turadi. Vujudga kelgan shartlarga qarab, bunday hollarda qobiqning normal muvofiqlashuvi izdan chiqadi, stroipallidar sistema faoliyatida salbiy qo‘zg'alishlar o'rin tutadi. Duduqlanish mexanizmidagi uning roli muhim ahamiyatga ega, chunonchi bu sistema me’yorli nafas olish sur’ati va ritmi, artikular muskullar faoliyati uchun mas’uldir. Duduqlanish striopallidumning oi^anik olzgarishi holatida emas, balki uning funksiyalarining dinamik tarzda ogmshida paydo bomadi. Bu qarashlar nevrotik duduqlanish mexanizmini qobiq-qobiq osti aloqadorligining o'ziga xos buzilishi haqidagi tushuncha sifatida aks ettiradi (M. Zeeman, N.I. Jinkin, S.S. Lyapidevskiy va boshqalar). Rossiya tadqiqotchilarining duduqlanishni nevrozlar haqidagi Pavlov ta’limoti nuqtayi nazaridan o‘rganishi chet ellarda o‘z izdoshlarini topmoqda: Chexoslovakiyada - M. Zeeman, M. Sovak, F. Dosujkov, K. Dostalova; Bolgariyada - D. Daskalov, A. Atanasov, A. Angushev; Polshada - A. Mitrinovich-Modjeevska; Germaniyada - K.P. Bekker va boshqalar. Avrim mualliflar flkrign ko‘ra. Ilk voshli holnlnrdagi duduqlanish mexanizmini reaktiv nevroz va rivojlanishdagi nevroz nuqtayi nazaridan talqin qilish maqsadga muvofiqdir (V.N.Myasishev, I960). Rivojlanishdagi reaktiv nevroz oliy nerv faoliyatining buzilishi sifatida tushuniladi. Rivojlanishdagi nevroz davrida patologik stereotiplar asta-sekinlik bilan muhitning noqulay sharoiti — haddan tashqari g'azablanish, siqilish, zaiflashuv hollarida sodir bo'ladi. Rivojlanishdagi duduqlanish bolaning ilk yoshida, "fiziologik tili chuchuklik"ning ushianib qolishi holatida, murakkab iborali nutq formalariga o'tishi jarayonida paydo boladi. Ba’zan u turlicha genezlarning nutqiy rivojlanmay qolishi natijasi sifatida ko‘zga tashlanadi (R.M. Boskis, R.Ye. Levina, Ye. Pishon va B. Mezoni). Jumladan R.M. Boskis duduqlanishni shunday bir xastalik deb ataydiki, uning "asosida o‘zining ifodalanishi uchun iboralarni talab etuvchi, muayyan darajadagi murakkab mulohazalami bayon qilish bilan aloqador nutqiy qiyinchiliklar yotadi". Nutqiy qiyinchiliklar nutqiy rivojlanishdan to'xtab qolish, boshqa tilga o'tish, shaxsning erkin hissiy-irodaviy sifatlarining noto'kis yetilishiga bog'liq ravishdagi patologik rivojlanish hodisalari, murakkab fikrni izhor etish va shu kabilar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. R.Ye. Levina duduqlanishni nutqning notekis rivojlanishi deb qarar ekan, uning mohiyatini ko‘proq nutqning kommunikativ funksiyalarining o‘ta buzilishida ko‘radi. Korreksion pedagogika ilmiy-tekshirish instituti logopediya sektori xodimlari bola nutqining umumiy rivojlanishini, uning fonetik va leksik-grammatik rivojlanish holatini, faol va sust nutq o'rtasidagi o'zaro munosabatni, duduqlanishning kuchayishi yoki bo'shashuvini aks ettiruvchi sharl-sharoitni o'i^anib chiqib, R.M. Boskis, Ye. Pishon, B. Mezoni va boshqalarning kuzatishlarini tasdiqlaydilar. Nutqiy qiyinchiliklar R.Ye. Levina fikriga ko'ra, turli shart-sharoitlar: bir tomondan, nerv sistemasi tipiga, boshqa tomondan - gaplashish, so‘zlashish muhiti, umumiy va nutqiy tartiblarga bog‘liq. Duduqlanishning dastlabki ko'rinishlari so'z, grammatik shakl, nutq almashinuvini qidirishdagi affektiv zo'riqish bilan xarakterlanadi. N.I. Jinkin hiqildoq faoliyatini fiziologik nuqtayi nazardan tahlil qilish jarayonida shuni aniqladiki, duduqlanish fenomeni so'zning turli omchamli algoritmini tuzish paytidagi ovoz elementlarini saralash uzluksizligining buzilishi sifatida, nutqiy faoliyatni bo'g'in darajasida boshqarishdagi bevosita moslashtirishning izdan chiqishi tarzida belgilanishi mumkin. Ye. Pishon organik duduqlanishning ikkita formasini ajratadi: birinchisi miya qobig'i afaziyasi ko'rinishida, bunda assotsiativ tolalar sistemasi buziladi va ichki nutq izdan chiqadi; ikkinchisi nutqning dizartriya ko'rinishidagi o‘ziga xos noto‘kis harakatini aks ettiradi va qobiq osti tuzilishining shikastlanishi bilan bog'lanadi. Organik duduqlanish muammosi hozirgi davrga qadar hal etilmagan. Ayrim 324 tadqiqotchilarning taxminiga ko'ra, duduqlanish umuman markaziy nerv sistemasining organik kasallanish turiga kiradi va miya oziqlanishidagi buzilish to‘g‘ridan to‘g‘ri miyaning nutq bomimiga yoki u bilan aloqador sistemaga ta’sir etadi (V. Lev. 1947; E. Gard, 1957; S. Skmoil va V. Ledezich, 1967). Boshqalar organik buziiishlamingo‘zini oliy nerv faoliyati va nutq funksiyalarining uzilib qolishi uchun "zamin" sifatida baholab, duduqianishni o‘ta nevrotik buzilish tarzida ko‘rib chiqadilar (R. Luxzinger va G. Landold, 1951; M. Zeeman, 1952; M. Sovak, 1957; M.Ye. Xvatsev, 1959; S.S. Lyapidevskiy va V.P. Baranova, 1963 va boshqalar). Duduqlanish patogenezini o'rgangan ko'pgina m ualliflar duduqlanuvchi kishilarda turli xil vegetetiv o*zgarishlarbo‘lishini aytishadi. Masalan, M. Zeeman hisobiga ko‘ra, 84% duduqlanuvchi kishilarda vegetativ distoniya bor. Vegetetiv asab sistemasining og‘ir buzilish hollarida xususan duduqlanish ikkinchi planga ko'chadi, qo'rquv, hayajonlanish, vahima, badgumonlik, umiimiy zo'riqish yuz beradi, kishida titrashga, terlashga, qizarishga moyillik paydo boladi. Bolalik yoshida duduqlanuvchilarda uyquning buzilishi, ko‘z ilinishi paytida cho‘chib tushish. Zerikarli, notinch, yuzaki uyqular, tungi vahimaga tushishlar kuzatiladi. Kattaroq yoshdagi duduqlanuvchilar bu kabi kechinmalami nutq buzilishi bilan boglashga urinadilar. Uning buzilganligi to‘g‘risidagi flkr kayfiyatning doimiy buzuqligi bilan bog‘liq hoida, turg4un xulq-atvorni keltirib chiqaradi. Umuniiy qo'zg'aluvchanlik, ozib-to‘zish, beqarorlik va doimiy shubhalik hollarida, nutq odatda qisqa vaqt yaxshilanishi mumkin. Mashg'ulot paytlarida duduqlanuvchilarda bir maqsadga qaratilganlik va qat’iylik tez-tez yo‘qolib turadi. Ular okz imkoniyatlariga, erishgan natijalariga yetarlicha baho bermaydilar, chunki nutqning yaxshilanishi ularning umumiy kayfiyatini kam miqdorda yengillashtiradi. 70-yiilarda psixiatriyada nevrotik va nevrozga o‘xshash buzilishlami chegaralash uchun tibbiy me’yorlar taklif etilgan cdi. Bunda duduqianishni ham nevrotik, ham nevrozga o'xshash shakllarga ajratishga moyillik aniqlandi. N.M. Asatiani, B.Z. Drapkin, V.G. Kazakov, L.l. Belyakov va boshqalar. Hozirgi davrga qadar tadqiqotchilar duduqlanish mexanizmini na faqat tibbiy-fiziologik jihatdan, balki neyrofiziologik, psixologik, psixolingvistik nutqtayi nazarlardan ham o'rganishga urinishmoqda. Nutq faoliyatini tashkil etishda duduqianishni neyrofiziologik jihatdan tekshirilishi qiziqish uyg‘otayotir. Mavjud tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nutq paytida duduqlanuvchilarda dominant (chap) yarimshar o*ng yarimsharga nisbatan o‘zining yetakchilik vazifasini to'liq ma’noda bajara olmaydi. Duduqlanishning nutq talaffuzidagi qandaydir dominantlik bilan o‘zaro munosabati haqidagi qoidani V.M . Shklovskiy ma’lumotlari tasdiqlaydi. Duduqlanish muammolarini ruhshunoslik borasida ishlab chiqish duduqlanishning genezisini ochish, duduqlanuvchilaming kommunikatsiya jarayonidagi xatti-harakatlarini tushunish, ulaming individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash uchun uning muammolarini psixologik nuqtayi nazardan ishlab chiqish dolzarb masalalaridandir. Duduqlanuvchilaming diqqat-e’tibori, xotirasi, tafakkuri, ruhiy harakatini o‘rganish shuni ko‘ rsatdiki, ularda ruhiy faoliyat tuzilishi, uning o‘z-o‘zini muvofiqlashtirish jarayoni o'zgargan. U lar yuqori darajada avtomatlashtirilishini (xususan faoliyatga tezda kirishishni) talabqiladigan faoliyatni yomon o‘taydilar, lekin, ixtiyoriy bajarilish bilanoq duduqlanuvchi va sog‘lom kishi orasidagi samaradorlik farqi yo‘qoladi. Ruhiy harakat faoliyati bundan mustasnodir: agarsoglom bolalarda ruhiy harakatlar ma’lum miqdorda avtomatik tarzda sodir bo‘lsa va ixtiyoriy muvofiqlashuvni talab qilmasa, bu holda muvofiqlashtirish duduqlanuvchilar uchun erkin nazoratni talab qiladigan murakkab vazifadan iborat bomadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, duduqlanuvchilar nuqsonsiz so‘zlovchilarga nisbatan (ularga nerv sistemasining harakatchanligi bilan bogliq holdagi persevaratsiya hodisasi xosdir) ruhiy jarayonlarining o‘ta faoliyatsizligi bilan farq qiladilar. Duduqlanuvchilaming shaxsiy xususiyatlarini ham tibbiy kuzatishlar yordamida ham tajriba psixologik metodikalami qomlanish bilan tekshirish samaralidir. Ular yordamida xavotirli-badgumonlik xususiyati, gumonsirash, ishonchsizlik, odamovilik, ruhiy tushkunlikka moyillik; nuqsonga nisbatan sust-mudofaa va mudofaa-tajovuzkorlik bilan ta’sir ko‘rsatish hollari aniqlangan. Duduqlanish mexanizmlarini psixolingvistik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqish ham e’tiborga molikdir. O’rganishning bu jihati duduqlanuvchi nutq talaffuzining qaysi pallasida muskullar tortishuvi yuzaga kelishini aniqlashni taqozo qiladi. Nutq kommunikatsiyalarining quyidagi bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi: l) nutqqa (gapirishga) ehtiyojning borligi yoki kommunikativ maqsad; 2) bayon qilish fikrining ichki nutqda tug'ilishi; 3) bayon qilishning tovush orqali bajarilishi. Bu bosqichlarnutq faoliyatining turli tuzilishlarida o‘z oqimining tomiq va uzunligiga ko‘ra har xildir. Lekin o‘y!Angan va bildirilgan fikrlar doimo chog‘ishtiriladi. I.Yu. Ableyeva fikriga ko'ra, duduqlanish so‘zlovchida kommunikativ maqsad, nutq tarkibi va tutilmay gapirish imkoniyati bolgani holda, uning nutqqa hozirlik ko‘rgan paytida yuzaga keldi. Muallif nutq hosil bo‘lishining o‘z modeliga nutqqa tayyorlanish bosqichini ham kiritishini taklif etadi, bunda duduqlanuvchi kishida barcha talaffuz mexanizmi, uning hamma sistemalari: generatorli, rezonatorli va eneigetik sistemalar "buziladi” Keyin to‘rtinchi, yakunlovchi bosqichda aniq yuzaga keladigan g‘ayriixtiyoriy tortishishlar paydo bo‘Iadi. Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtayi nazarlarni ko‘rib chiqib, duduqlanishning paydobolish mexanizmlari birxil emas, degan asosiy xulosaga kelish mumkin. Ayrim hollarda duduqlanish murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida e’tirof etiladi, u esa bosh miya qobig‘idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va qobiq osti o‘zaro munosabatlarining buzilishi umumiy nutqiy harakatlar (ovoz, nafas oiish. Artikulatsiya) sur’atining zaiflashuvi oqibati hisoblanadi. Boshqa hollarda - noto‘g‘ri nutq refleksi oqibatida paydo bomgan turli genezlarda dastlabki yuzaga kelgan murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida talqin etiladi. Uchinchidan - nutqning murakkab, o‘ta funksional zaiflashuvi sifatida qarab chiqiladi. U umumiy hamda nutqiy dizontogenez va shaxsning disgarmonik rivojlanishi oqibatida namoyon bo‘ladi. T o ‘rtinchidan - duduqlanish mexanizmini markaziy nerv sistemasining organik o‘zgarishi asosida talqin qilish mumkin. Ammo har qanday vaziyatda ham uyg‘unlikni tashkil qiladigan flziologik va ruhiy buzilishlarni hisobga olish lozim. Amaldagi ko'pgina tasniflarda maktabgacha tarbiya va maktab yoshdagi bolalar duduqlanishining umumiy qonuniyatlari hisobga olinadi. Tasniflashni yaratishga bolgan dastlabki urinishlar 1937-yilga taalluqlidir. A. Allister (1937, 1958) duduqlanuvchi kishilami etiologik alomatlariga ko'ra, buzilishning tibbiy ko‘rinishini hisobga olib 4 guruhga ajratdi: 1) nutqda ishtirok etadigan a'zolar tuzilishi yoki funksiyalaridagi anomaliyalar bilan birga sodir bo'Iadigan duduqlanish; 2) chapaqaylik bilan bog'liq holdagi duduqlanish; 3) taqlid bolyicha duduqlanish; 4) his-hayajonli beqarorlik va buzilishlar: logofobik, noto‘kislikni his etish va boshqalar bilan birga kechadigan duduqlanish. F. Desujev (1957, 1963), Yu. Berendes (1963) ham duduqlanishni etiologik alomatlariga ko'ra tasnifladilar. Yc.S. Nikitina va M.F. Bruns (1939) duduqlanishni anatomikfiziologik alomatga ko‘ra tasnifladilar. Ular ikki guruh bolalami ajratishdi: 1) pallidar sindromli bolalar — psixo-fiziologik to'xtab qolish, siqilish, shaxsga oid buzilishlar, atrofdagilar bilan munosabatdagi buzilishlar ko‘zga tashlanadi; bolalarg‘amgin bo‘lib qoladilar, o'yinlarda ishtirok etishmaydi; 2) cskirgan sindromli bolalar - ulaiga psixofizik to‘xtab qolish, ruhiyasab buzilishlari xosdir. Bunda bolalar harakatchan, jonsarak, uzoq duduqlanmaydigan bo‘ladilar, muomalaga oson kirishadilar. Duduqlanishni tibbiy alomatlarga ko'ra tasniflash V.S. Kochergina (1959), N.A. Vlasova (1958) va boshqalarning ilmiy ishlarida aksettirilgan. Jumladan, V.S. Kochergina duduqlanish oqibatida o‘zini tutish muvozanati buzilgan bolalami; o‘zini tutish muvozanatining buzilishi erta yoshdan boshlangan va bu uning individual shaxsiy xususiyatlari hisoblanadigan bolalarni (duduqlanishning rivojlanishi esa ularning muvozanatsizligini va umumiy bolalar asabiyligi xususiyatlarining paydo bo'lishini ta’minlaydi); shuningdek, kuchli qo'zg'alishga ega bo'lgan bolalarni ajratib ko'rsatadi. Ularning anamnezida ona qornida rivojlanish borasida noxush sharoitlar, tug'ma jarohatlar, somatik kasaiiiklar, o'tkir va asoratli infeksiyalar, yurak-qon tomiri kasalliklari, endokrinlar zaiflashuvi, distrofiyalar bo‘ladi. V.S. Kochergina yana shunday bolalarni ajratib ko rsatadiki, ularda duduqlanishning boshlanishiga qadar og'ir nevroz alomatlari, isterik reaksiyaga moyillik bo'ladi. N. A. Vlasova va E. N. Gertsenshteyn taklif etgan tasnifda birinchi navbatda duduqlanish shakli (tonik, klonik va aralash), ayrim etiologik omillar, ikkilamchi ruhiy alomatlar, logopedik ta’sir etishning muvafTaqiyatlilik darajasi hisobga olinadi. Kichik yoshli duduqlanadigan bolalarni o'rganish A. F. Shelting (XX asrning 50-yillari) tasnifida aks etgan. Motorika va nutq rivojining kechikishi doirasida paydo boMadigan, alaliya bilan bogliq, umumiy bo‘shashuv, paylarning bo‘shashishi holidagi, nevrotiklardagi kuchli asabiylashuv, "tili chuchuklik" bilan murakkablashgan duduqlanishlar yuqoridagi tasnifga taalluqlidir. 0 ‘smirlar va kattalardagi duduqlanishni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda asab-ruhiy kasallanish va duduqlanishning muhim tomonlarining o‘ziga xosligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatib berilgan. M.Ye. Shubert (1928) epilleptoid psixopatlardagi (astenik tana tuzilishi), psixostenikiardagi (astenik-atletik tip), shizoidli shaxslar, isteriyali kasallar, sikloid komponentli kishilardagi duduqlanishni tekshirdi. M.S. Lebedinskiy, F.P. Yanovich, G.P. Platonova (1960) turli shaklli nevroz hollaridagi; psixopatlar va shaxsiyati patologik rivojlanishli kishilardagi; markaziy nerv sistemasining turli xil organik shikastlanishlaridagi duduqlanishni o‘rgandilar. N.M . Asatiani, V.G . Kazakov (1967, 1970) va boshqalar o‘z tadqiqotlarida duduqlanishni har xil turdagi patologik guruh sifatida qarab chiqadilar. Ular duduqlanishni 4 guruhga ajratishadi: turli genezlardagi markaziy nerv sistemasi organik buzilishining rezidual ko'rinishi; nevrotik zaiflashuvlar; psixopatiyalar; sust progradientii shizofreniya. Shunday qilib, duduqlanishni tasniflash masalalari turli nuqtayi nazarlardan ko'rib chiqiladi, ammo ularning har biri haqqoniy bolib, o‘z ilmiy asosiga egadir. Duduqlanishning tarqalganligi yosh, jins, faoliyat turi, yashash joyi va boshqa omillar bilan shartli ravishda bog‘langandir. U ko‘pincha 2 yosh bilan 4 yosh oraligkida, bolaning nutq funksional sistemasining juda samarali rivojlanishi va shaxsining shakllanishi davrida paydo bo'ladi. Keyin duduqlanishga moyillik pasayadi, navbatdagi o‘n yillik ichida (4 dan 14 gacha) duduqlanishning paydo bolish hodisasi taxminan birinchi uch yildagicha boMadi. Duduqlanishning kuchayishi yetakchi faoliyatning almashinuvi (o‘yin o‘rniga o'qish), bolaga, uning nutqiy bilimiga bo‘lgan talabning ortishi, yaqin kishilar, tengdoshlari, jamoa bilan bo‘ladigan munosabatlarga ham shartli ravishda bogMangandir. Duduqlanish jinsiy yetilish paytida ham zo‘rayishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchilar miqdori 1,4% (K.P. Bekkerbo‘yicha), 2% (M.Ye. Xvatsev bo'yicha); kichik yoshli o'quvchilar orasida 1,6% (M. Sovak ta’biricha)ni tashkil etadi. Katta yoshlilar orasidagi duduqlanadiganlar ko‘pi bilan 1% (M.Ye. Xvatsev bo‘yicha). Qishloqda yashaydigan bolalar orasidagi duduqlanuvchilar shahardagiga nisbatan kam uchraydi. Ayrim mualliflar duduqlanishning kuchayishiga iqlim sharoitining (masalan, kuzda va bahorda) ham ta’sir ko'rsatishini e’tirof etishadi (M. Zeeman).

Download 52.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling