Defragmentatsiya


Download 91.65 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi91.65 Kb.
#1539084
Bog'liq
defragmentatsiya @kompyuter akademiyasi


Defragmentatsiya nima?
Defragmentatsiya – bir faylning bir nechta fragmentlari (qismlari) ni kompyuterning doimiy (qattiq) xotirasi tez o’qishi uchun bitta katta faylga birlashtirish jarayoni.
Doimiy xotiraga (HDD) ga fayllar yozilish davomida fayllar bir nechta qismlarga bo’linib, alohida joylashishi mumkin. Buning sababi esa diskdagi bo’sh joylar teng taqsimlanmagan. Tizim faylni qattiq diskni bo’sh sektorlariga yozaveradi. Va agar yozish jarayonida huddi shunday fayl kuzatilsa, fayl bo’linadi va bo’sh sektrolar (band sektordan keyingi) ga yozishni davom etadi. Buning natijasida fayl bir qancha qismlarga bo’linadi, bu qismlarni qattiq disk o’qishi uchun vaqt va energiya kerak bo’ladi.
Agar fayl fragmentlari yonma-yon joylashgan bo’lsa muammo yo’q, lekin bu qismlar qattiq diskni turli joylarida joylashgan bo’lsa bu katta vaqt va energiya talab qiladi. Shu sababli ham tizimning ishlash tezligi tushib ketadi.
© chemtable.com/blog/ru
Diskni defragmentatsiya qilish
Diskni defragmentatsiya qilish — bu shunday jarayonki bunda tarqoq fayllar bir-biriga yonma-yon tarzda yozib chiqiladi va bir fayl umumiy bir joyni egallaydi. Buning natijasida qattiq disk kerakli faylni o’qishi uchun minimum vaqt va energiya kerak bo’ladi. Shu sababli kompyuterning ishlash tezligi oshadi.
© ru.wikipedia.org
Defragmentatsiya turlari
“Tezkor" defragmentatsiya — bunda faqat fragmentli (qismli) fayllarga ishlov beriladi, bo’sh joyga teginilmaydi. Bu defragmentatsiyaning eng tezkor usuli. Mavjud fayllar bilan ishlash tezligini oshiradi. Yaratilgan va o’zgartirilgan fayllar bilan ishlashda tezlashgani sezilmaydi.
Bo’sh joyni defragmentatsiya qilish — faqat bo’sh joyni defragmentatsiya qilish, fragmentli fayllar o’z holicha qoladi. Yangi fayllar yozilishini tezlashtiradi. Bu usul kam qo’llaniladi.
To’liq defragmentatsiya — bir vaqtning o’zida ham fayllarni ham bo’sh joyni defragmentatsiya qilish. Bu jarayon diskning kattaligidan kelib chiqib bir necha soatlar davom etishi mumkin. Mavjud va yangi fayllar bilan ishlashda tezlik oshadi.
© ru.wikipedia.org
Defragmentatsiya qilish talablari
Defragmentatsiya qilish ko’p vaqtni talab etadi va bu jarayon faqat HDD disklar bajarish tavsiya etiladi.
Defragmentatsiya qilish uchun:
  • Qattiq diskni minimum 10-15% joyi bo’sh bo’lishi kerak;
  • Uzoq vaqt va xohish kerak bo’ladi.

  • Tavsiyalar:
  • Defragmentatsiya qilish paytida kompyuterdan foydalanmang!
  • Defragmentatsiya qilish oralig’i 2-3 oy bo’lishi yetarli;
  • Agar noutbukda bajarayotgan bo’lsangiz zaryadga ulab qo’ying;
  • Qo’shimcha dastur ishlatish kerak, u defragmentatsiyani nisbatan tez va samarali bajaradi (biz Smart Defrag Pro dasturidan foydalanamiz);

  • © voron-xak.ru

Download 91.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling