Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida


Download 144.15 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi144.15 Kb.
#156161
Bog'liq
Dehqon xo


«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri tasdiqlanadi

O‘zbekiston 08:41 / 19.06.2020 4520

"Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604-I-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanadi.

Qayd etilishicha, dehqon xo‘jaligi oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish va ijaraga olish asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi oilaviy xo‘jalik.

Dehqon xo‘jaligi bog‘dorchilik va uzumchilik yoki sabzavotchilik va polizchilik yoxud boshqa qishloq ekinlari yetishtirish faoliyati yo‘nalishlari bilan shug‘ullanadi.

Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i dehqon xo‘jaligi faoliyatini yuritish uchun nomiga yer uchastkasi ajratilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan muomalaga layoqatli O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.

Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i ushbu xo‘jalik nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi.

Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda, u o‘z huquq va majburiyatlarini bajarish vakolatini ushbu dehqon xo‘jaligining a'zolaridan biriga berishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda shu xo‘jalik a'zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, xo‘jalik a'zolaridan biri uning boshlig‘i etib tayinlanadi va yerga bo‘lgan huquq uning nomiga qayta rasmiylashtirilib, bu haqida hisobga oluvchi organga xabar beriladi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq sud tartibida hal etiladi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i, uning mehnatga qobiliyatli xotini (eri), bolalari, nabiralari, ota-onasi, bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari dehqon xo‘jaligi a'zolari bo‘lishi mumkin.



Dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun quyidagi asoslarga ko‘ra yerga bo‘lgan huquqni qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritishi orqali vujudga keladi:

ushbu Qonun qabul qilingunga qadar yer uchastkasini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratilganda;

zaxiradagi yerlarni, shu jumladan yangi foydalanishga kiritilgan yerlarni ijaraga olganda;

dov-daraxtlar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarini, xavfsizlik va texnik talablarga qat'iy rioya etgan holda suv obektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar va boshqa muhofaza zonalari yerlarini o‘rnatilgan tartibda ijaraga olganda;

ilgari tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini meros asosida qabul qilib olganda;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini asosiy ekindan bo‘shagan qismini takroriy ekin uchun bir yoki undan ko‘p mavsumga ikkilamchi ijaraga olganda;

o‘z hisobidan yangi yerlarni o‘zlashtirish orqali ijaraga olganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan yerlar bog‘dorchilik va uzumchilik faoliyati uchun 30 yildan 50 yilgacha, sabzavotchilik, polizchilik va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtirish faoliyati uchun 5 yildan 15 yilgacha ijaraga beriladi.

Dehqon xo‘jaligi Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etgan holda yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hisobga qo‘yiladi.

Dehqon xo‘jaligini hisobga qo‘yish uchun dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligi a'zolari tarkibi (qarindoshlik darajasini ko‘rsatgan holda) to‘g‘risidagi ma'lumotlarni va yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qiladi.

Dehqon xo‘jaligi tegishli tartibda hisobga qo‘yiladi hamda dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga Dehqon xo‘jaliklari yagona davlat reyestridan ko‘chirma beriladi.

Dehqon xo‘jaliklari yagona davlat reyestridan ko‘chirmada dehqon xo‘jaligi boshlig‘i va a'zolari haqida ma'lumot, dehqon xo‘jaligi faoliyati yo‘nalishi, hisobga qo‘yilgan sana hamda dehqon xo‘jaligining faoliyat muddati (ijara muddati) ko‘rsatiladi.

Yer uchastkasi ijarasi asosida dehqon xo‘jaligi tashkil etilganda yagona davlat reyestridan ko‘chirmada dehqon xo‘jaligining faoliyat muddati ijara muddatiga mos ravishda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganlik, Dehqon xo‘jaligini hisobga qo‘yganlik va reyestrlardan ko‘chirmalar berganlik uchun davlat boji va yig‘im undirilmaydi.



Dehqon xo‘jaligi faoliyati 0,06 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan maydonda yuritiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer maydonlarining asosiy ekindan bo‘shagan qismini takroriy ekin ekish uchun bir yoki undan ko‘p mavsumga ikkilamchi ijaraga olish orqali dehqon xo‘jaligi faoliyati 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan maydonda yuritiladi.
Download 144.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling