Dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi
Download 56.35 Kb.
|
DEHQONCHILIK TARMOQLARI GEOGRAFIYASI
Texnika ekinlari
Sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo’jalik ekinlari texnik ekinlar deb ataladi. Texnik ekinlar sanoatni turli tarmoqlariga: to’qimachilik (tolali ekinlar), yog’ sanoatiga (moyli ekinlar), kand sanoatiga (shakar moddasi bor ekinlari), oziq-ovqat sanoatining boshqa ba’zi bir tarmoqdariga (choy, ), tamaki va farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo beradi. Tolali ekinlar, asosan to’qimachilik sanoati uchun xom ashyo beradi va unga paxta, zigir hamda kanop kiradi. Paxtachilik. Paxta to’qimachilik sanoati uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Chigit birmuncha yuqori haroratda (15°) unib chiqadi, o’zoq rivojlanadi, shonalaydi, gullaydi va ko’sak tugadi. G’o’za 25—30° haroratda yaxshi rivojlanadi. 17—20° haroratda rivojlanishi susayadi. Shuning uchun u issiqsevar va yorug’sevar o’simlik hisoblanadi. Paxta mo’tadil mintaqaning janubiy qismlarida, tropik ia subtropik mintaqalarning sug’oriladigan yerlarida etishtiriladi. Jahonda yiliga 15—17 mln.t. paxta tolasi yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiradigan davlatlar quyidagilar: Xitoy, AQSH, Xindiston, O’zbekiston. Zig’irchilik. Zig’ir pastroq haroratda o’sa boshlaydi, shuning uchun ham erta ekiladi, o’sish (rivojlanish) davri qisqa. Shu hossalari bilan zig’ir qurg’oqchil xududlarda yaxshi moslashgan bo’lib, tuproq qatlamidagi baxorda to’plangan namdan foydalanib, quruqroq mavsum boshlanguncha o’z taraqqiyotini tugallay oladi. Ammo ushbu hossalari uni shimoliy rayonlarda ham keng tarqalishiga imkon beradi. Yoz salqin, yomg’irli va bulutli bo’ladigan rayonlardagina zig’ir yaxshi sifatli tola beradi va hosili yuqori bo’ladi. Bunday rayonlarda zig’irning poyasi uzun va shoxlamaydigan navlari ekiladi. Dasht zonasining yoz quruq va issiq keladigan joylarida esa zig’irning poyasi kalta va sershox navlari ekiladi, bu navlardan asosan moy olinadi. O’rmon zonasida, ya’ni namgarchilik yuqori bo’lgan shimol va g’arbda zig’ir juda yuqori hosil beradi. Eng shimoldagi rayonlarda zig’irdan yuqori sifatli tola olinadi. Zig’ir asosan qumoq tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Kanopchilik. Kanop tolasidan arqon, kanop, dag’al gazlama tayyorlanadi. Ushbu o’simlikning geografik tarqalishi juda keng. Zig’ir kabi kanop ham turli iqlim mintaqalarida yetishtiriladi. Kanopning shimoliy va janubiy navlari bor. Shimoliy navlari o’rmon dasht zonasida ko’proq ekiladi. Ushbu joylarda yog’in nisbatan ko’p va kanop o’simligi sevadigan qumoq tuproqlar ko’proq tarqalgan (Masalan, O’rta Rossiya va Volga bo’yi qirlari). Kanopning janubiy navi mo’tadil mintaqaning janubida va subtropik mintaqada keng tarqalgan (O’rta Osiyo va Kavkaz davlatlarida va h.k.) Kauchuk (kau — daraxt, uchu — oqish; tupi tilida) tanasidan juda ko’p tabiiy kauchuk olinadigan sharbati (lateks) bor daraxtdir (geveya, gvayula va h.k.)- Tabiiy kauchukning asosiy qismi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida (Malayziya, Indoneziya, Tailand) yetishtiriladi. Moyli ekinlar. Moyli ekinlarga paxta, zig’ir, kungaboqar, serept gorchisasi, soya, rijik, kunjut, tung va zaytun daraxti, araxis kiradi. Bir qancha ekinlar faqat moy olish uchun ekiladi. Ekinlarning moyi turli maqsadlarda ishlatiladi. Moyli o’ruklarning chiqindisi (kunjarasi) chorva mollari uchun to’yimli oziqa bo’lib hisoblanadi. Kungaboqar Rossiya va Ukrainada ko’proq ekiladi. Bir oz issiqsevar, qurg’oqchilikka chidamli, yog’ingarchilik kamroq bo’ladigan rayonlarda yetishtirsa bo’ladi. Jahonda kungaboqar yetishtirish bo’yicha Rossiya yetakchi o’rinda. Soya yetishtirish bo’yicha jaxonda AQSH birinchi o’rinda turadi, asosan moy olish uchun ekiladi. Araxis yetishtirish bo’yicha Xindiston yetakchi bo’lib, asosan moy olish uchun ekiladi, shuning uchun bu davlat araxis moyi ishlab chiqarish bo’yicha ham jahonda yetakchi. Zaytun daraxtidan yog’ olish bo’yicha Italiya birinchi o’rinda. Kunjut issiqtalab bo’lib, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida ko’proq ekiladi. Ovqatbop yuqori sifatli moy beradi. Shakar olinadigan o’simliklar. Bunday o’simliklarga shakarqamish va qand lavlagi kiradi. Shakarqamish tropik mintaqada ko’proq yetishtiriladi (Markaziy Amerika, Janubiy Osiyo). Jahonda shakarqamish yetishtirish bo’yicha Braziliya (250 mln t), Xindiston (170 mln t), Kuba (70 mln t), Xitoy (50 mln t) va Meksika (40 mln t) yetakchi o’rinlarda turadi. Qand lavlagi asosan shimoliy mo’tadil mintaqada yetishtiriladi (Shimoliy Amerika, Yevropa). Qand lavlagi yetishtirish bo’yicha quyidagi davlatlar yetakchi: Ukraina (45 mln t), Rossiya (30 mln t), Frantsiya (30 mln. t), Polsha (26 mln. t), AQSH (23 mln. t). Tamakichilik mo’tadil mintaqaning janubiy qismi va tropik mintaqalarda rivojlangan (Lotin Amerikasi, Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlari). Choy subtropik va tropik mintaqalarda yetishtiriladi (Xindiston, Xitoy, Shri-Lanka, Indoneziya va h.k.). Kartoshka yetishtirish. Kartoshka asosan mo’tadil mintaqada yetishtiriladi (Shimoliy Amerika va yevropa davlatlari). Kartoshka yetishtirish bo’yicha Rossiya, Polsha, Xitoy yetakchi o’rinlarda turadi. Download 56.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling