Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlari


Download 271.28 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi271.28 Kb.
#1546025
  1   2   3
Bog'liq
Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlari


Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlari

Delphining grafik imkoniyatlari. Delphida grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bir qator obyektlarning Canvas (polotno, sirt) degan xossasi bo‘lib, uning o‘ziobyekt hisoblanadi. Uning xossa va usullaridan foydalanib, bu obyekt egallagan joyda turli shakllarni chizish mumkin. Masalan, ilova oynasida to‘g‘rio‘rtburchak chizish uchun


Form1.Canvas.Rectangle(10, 20, 200, 100); operatoridan foydalanamiz. Listbox1.Canvas.Ellips(0, 10, 60, 50); esa ListBox1da yarim o‘qlari 30 va 20 ga teng bo‘lgan hamda uchlari (0, 10) va (60, 50) nuqtalarda joylashgan to‘g‘rio‘rtburchakka ichki joylashgan ellips chizadi.
Bu shakllarni ekranda ko‘rish uchun yangi ilova yaratamiz. Unga Button va ListBox obyektini joylaymiz. Button1 tugmasini ikki marta bosib, kursor turgan joyga yuqoridagi ikkita operatorni kiritamiz:
Form1.Canvas.Rectangle(10, 20, 200, 100); ListBox1.Canvas.Ellips(0, 10, 60, 50);
Ilovani ishga tushirib, undagi tugmani bossak, ekranda to‘rtburchak va ellips paydo bo‘ladi. quyidagi rasmdan ham ko‘rinib turibdi-ki, sanoq sistemasining boshi sifatida obyektning chap yuqori burchagi olingan. Dastlab gorizontal, so‘ng vertikal o‘qlardagi koordinatalar ko‘rsatiladi:

Image va Shape obyektlari. Delphida grafika bilan ishlash uchun maxsus boshqarish obyektlari bor. Ular Image (rasm, tasvir) va Shape (shakl) bo‘lib, obyektlar panelining Additional (qo‘shimcha) jildida joylashgan:


Bu obyektlarning Canvas (polotno) obyektlarida xossa, usul va ajdod obyektlar yordamida grafika yaratiladi. Canvasning asosiy ish qurollari Pen (qalam) va Brush (cho‘tka) bo‘lib, ulardan birinchisi yordamida chiziqlar chiziladi. Ikkinchisi esa sohalarni bo‘yashda ishlatiladi.


Pen (qalam) ning xossalaridan asosiylari Width (eni), Style (stili) va Color (rangi) lardir. Image1.Canvas.Pen.Width:=5; operatori qalamda chiziladigan chiziq kengligini 5 pikselga teng qilib o‘rnatadi.
Style xossasi chiziladigan chiziqlarning ko‘rinishini o‘zgartiradi. U quyidagi qiymati oldindan aniqlangan o‘zgarmaslardan biriga teng bo‘lishi mumkin:

Download 271.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling