Delphining grafik imkoniyatlari


Download 0.58 Mb.
bet25/29
Sana09.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1254496
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
delphi uzb графика

Image Editor grafik muxarriri dasturchiga kerakli rasmni chiza olishi uchun zarur bo’lgan barcha standart uskunalar to’plamini o’zida mujassamlashtirgan. Agar ish vaqtida rasmning mas’shtabini o’zgartirish kerak bo’lib qolsa, u holda View menyusining Zoom In (kattalashtirish) va Zoom Out (kichiklashtirish) buyrug’laridan foydalanish mumkin. Rasmni haqiqiy kattalikda ko’rish uchun View menyusidan Actual Size buyrug’idan foydalaniladi.
Agar kerakli rasm alohida faylda mavjud bo’lsa, u holda almasish buferi (clipboard) orqali resurs faylningbitli tasviriga joylashtirish mumkin. Bu amal quyidagicha bajariladi:
1. avval grafik muxarrirni ishga yuklash lozim, masalan, Microsoft Paint, unga rasmning fayli yuklanadi va rasmni to’lig’icha yoki uning bir qismi belgilanadi. Belgilash jarayonida rasmning belgilangan qismining o’lchami (pikselda) haqidagi ma’lumotga e’tibor berish kerak (Paint belgilangan sohaning o’lchamini holat satrida chiqaradi). keyin esa Правка menyusidan Копирвать buyrug’ini tanlaymiz. Bu bilan biz belgilangan sohaning nusxasini buferga joylashirgan bo’lamiz.
2. Image Editor oynasini aktivlashtirish lozim, buferda joylashgan rasmni joylashtirish kerak bo’lgan resurs tanlanadi va resursning xarakteristikalari rasm xarakteristikasi bilan mos keltiriladi. Resurs xarakteristikalarining qiymatlarini kiritish oynasi Bitmap Properties bo’lib, bu oyna Bitmap menyusining Image Properties buyrug’ini tanlash bilan ochiladi. Resurs xarakteristikalari o’rnatilganidan so’ng rasni resursga Edit menyusining Past buyrug’i yordamida qo’yish mumkin.
3. resurs faylga barcha kerakli resurslar qo’shib bo’linganidan keyin uni dastur joylashgan katalokka saqlash kerak bo’ladi. Resurs faylni saqlash oddiy usul bilan amalga oshiriladi, ya’ni, File menyusidan Save buyrug’i yordamida. Image Editor resurs fayllarga *.res kengaytmani beradi.
Resurs fayllardan foydalanish
Resursdan dasturda foydalanish uchun dastur matniga quyidagi instruksiyani qo’shib qo’yish kerak.
Ushbu instruksiya umumiy holda quyidagi ko’rinishga ega:
{$R ResursFayli}
bu yerda ResursFayli – resurs faylning nomi. Masalan, quyidagicha:
{$R images.res}
resurs faylni ishchi faylga qo’shish instruksiyasi modul matnining boshiga joylashtiriladi.
Eslatma
Agar dastur modulining nomi resurs faylining nomi bilan bir xil bo’lsa, u holda resurs fayl nomining o’rniga “*” belgisini qo’yish mumkin. Bunday holatda qo’shiluvchi instruksiya quyidagi ko’rinishni oladi:
{$R *.res}
rasmni resursdan TbitMap tipli o’zgaruvchiga LoadFromResourceName uslubi yordamida yuklanadi. Ushbu uslub ikkita parametrga ega: dastur identifikatori va resurs nomi. Dastur identifikatori sifatida Hinstance global o’zgaruvchidan foydalaniladi. Resurs nomi satrli konstanta ko’rinishida berilgan bo’lishi kerak. Masalan, rasmni Pic o’zgaruvchiga yuklash instruksiyasi quyidagicha bo’ladi:
Pic.LoadFromResourceName(Hinstance,'FACTORY') ;
Misol sifatida 10.11-listingda fon va samolyotning rasmlari resursdan yuklanuvchi dastur matni keltirilgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling