Демографик жараёнларни ўрганиш


Download 301.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi301.19 Kb.
#237183
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu №6



    Mavzu № 6 

 

Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy 

kirralari  


Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – o'rganaman) aholi 

va uning rivajlanishi haqidagi fan. 

 

Demografik statistika aholining soni, tarkibi, tug'ilishi, o'limi, 



ko'payishi, harakati haqidagi asosiy qonuniyatlarni o'rganadi. 

Demografik ma'lumotlar aholining tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyojini 

qondirish uchun, uni rejalashtirishda katta ahamiyatga ega (muqim 

shifoxonadagi o'rinlar soni, poliklinikadagi lavozimlar, shtatlar, yasli, 

sanatoriyalardagi o'rinlar soni, vrachlar va o'rta tibbiyot xodimlarining, 

dorixonalarning soni va boshqalar). Aholi, sog'liqni saqlash muassasalar 

uchun bevosita sog'lomlashtirish ishlari olib boriladigan ob'yekt 

hisoblanadi. 




Demografiya ikkita asosiy  qismdan iborat: 


1. Aholini statikasi, boshqacha qilib aytganda aholining 

ma'lum bir vaqtda olingan soni, tarkibi ( jinsi, yoshi, 

kasbi, mashg'uloti, oilaviy ahvoli, millati, tili, ma'lumoti), 

turar joyi, geografik  joylanishi, zichligi haqidagi 

ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 



2. Aholi dinamikasi (harakati) - aholi sonining 

o'zgarashi. U o'z navbatida ikki xil bo'ladi:  

   a) mexanik  harakat; 

   b) tabiiy harakat (tug'ilish va o'lim natijasida).

  



Aholi statikasi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun asosiy 

manba bo'lib davlat tomonidan davriy ravishda 

o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish hisoblanadi. Chor 

Rossiyasi davrida birinchi marta aholini ro'yxatga olish 1897 

yilda o'tkazilgan. Sobiq Ittifoq davrida 1920y., 1926y., 

1936y., 1959y., 1970y. va 1989 yillarda davlat tomonidan 

umumaholi ro'yxati o'tkazilgan. Oxirgi aholi ro'yxati 1989 yil 

12 yanavarda o'tkazilgan. Aholi statikasi haqidagi 

ma'lumotlarni olish uchun asosiy manba bo'lib davlat 

tomonidan davriy ravishda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga 

olish hisoblanadi.  



Aholi  ro'yxati lahzalik prinsipiga asoslangan 

bo'lib, u aniq  bir kun va soatda,  aholi eng kam 

harakat qiladigan payti, qish faslining dekabr 

yoki yanvarida o'tkaziladi va u barcha aholini 

ro'yxatdan o'tkazishga asoslangan. Aholini 

ro'yxatdan o'tkazish barcha territoriya bo'yicha 

bir xil dastur va reja asosida bevosita so'rov     

usullari orqali amalga oshiriladi.  




Aholini ro'yxatdan o'tkazish juda katta mehnat,  kuch, mablag'ni 

talab qilganligi uchun ham odatda 10 yilda bir marta o'tkaziladi. 

1.01.1999 yilga jahon aholisi 5 milliard 961 million 628ming 

kishini tashkil etgan bo'lsa, shundan Xitoy aholisi 1 milliard 273 

million  640 ming kishini (jahon aholisining 21,3% tashkil etdi), 

Hindiston aholisi 276 million 218 ming, Braziliya- 167million 

988ming, Rossiya aholisi 147 million 196 ming kishini tashkil etdi. 

2003 yil 1 yanvarga O'zbekiston aholisi 25,4 mln kishini tashkil 

etgan holda, undan ayollar 50,1 %, erkaklar 49,9 % ni tashkil etdi. 

O'zbekiston aholisining 36,7 % aholisi 15 yoshgacha bolalarga 

to'g'ri keldi. Qishloq aholisining soni esa 63,3 % ni tashkil etdi.  



Aholi zichligi – 1 km2  maydonga 

to'g'ri  kelgan aholi soni.  




Aholi dinamikasi (harakati).  

Aholining ichida tabiiy va mexanik (migratsiya 

jarayonlari) harakat farqlanadi. Aholining tabiiy 

harakati deganda, asosiy demografik jarayon 

tug'ilish va o'limning natijasida ma'lum bir 

territoriyada aholi sonining o'zgarishi 

tushuniladi. 



Migratsiya  

Migratsiya deganda esa aholining bir davlat ichida yoki 

bir davlatdan ikkinchi davlatga mexanik ravishdagi 

harakati tushuniladi. Migratsiyaning har xil formalari 

bo'lib birinchi navbatda tashqi migratsiya – davlatlararo 

va ichki migratsiya – bir davlatning ichidagi harakat 

tushuniladi. Ichki migratsiya ham ikki xil bo'ladi. 

Masalan: doimiy yashash joyini o'zgartirish natijasidagi 

harakat va mavsumiy migratsiya – aholining ma'lum bir 

vaqtdagi (mavsumdagi) harakati va boshqalar.  




Migratsiya jarayonlari katta ijtimoiy 

- gigiyenik va  epidemiologik  

ahamiyatga ega:  



a)

 aholining mexanik harakati ma'lum bir 

territoriyada aholining son jihatdan 

ko'payishiga, boshqa bir territoriyada esa 

kamayishiga, aholining yoshi, jinsi, kasbi 

bo'yicha tarkibini o'zgarishiga olib keladi. 

Bu esa o'z navbatida sog'liqni saqlash   

muassasalarining faoliyatini  ko'rib chiqishni 

talab etadi; 



b)

 aholining mexanik harakati, 

ayniqsa davlatlararo migratsiyasi 

natijasida u yoki bu davlatda 

yuqumli kasalliklarni kelib 

chiqishiga olib keladi. 




Aholining tabiiy harakati  

1.Tug'ilish ko'rsatkichlari  

2. O'lim  ko'rsatkichlari  

3. Aholining tabiiy o'sish         

 

ko'rsatkichi  




Demografik ko'rsatkichlarni taxlili  


Aholi soni  

Aholi soni esa yilning oxiriga yoki boshiga 

olingan bo'ladi. Shuning uchun ham  demografik 

ko'rsatkichlarni taqqoslash imkoniyatiga ega 

bo'lish uchun birinchi navbatda o'rtacha aholi 

sonini keltirib chiqarish kerak. Ko'pincha 

aholining o'rtacha soni sifatida uning yil 

boshidagi (1.01) va yil oxiridagi (31.12) sonining 

yig'indisini yarmi olinadi.  




Download 301.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling