Demografik jarayonlarni prognozlash bajardi: Umarbayeva s mamarayimov. O’ Niyozov Sh Nurillayev h guruh: ek – 82
Download 35.87 Kb.
|
Demografik jarayonlarni prognozlashtirish-www.hozir.org
Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari xajmi va strukturasi, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash tizimi taraqqiyoti va boshqalar rejalashtiriladi. Shu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va hayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil bog’langan. Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullarni tanlash muhim jihat hisoblanib, ularning yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq belgilash mumkin. Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlarning kelajak dinamikasi, ya’ni tug’ilishlar va o’lishlar soni, hududga ko’chib kelishlar va ko’chib ketishlar sonini jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda dastlabki ikki komponent yetarlidir.Biroq alohida respublikalar buyicha aholining kelajakdagi sonini hisoblashda ichki migratsiya soldosini hisoblash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.Aholi turmush darajasini prognozlashda uning komponentlariga ta’sir qiluvchi omillar yoki boshqacha qilib aytganda, tug’ilish, o’lim, migratsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olish alohida ahamiyatga ega. Aynan shu ko’rsatkichlar demografik jarayonni belgilaydi.Aholi turmush darajasini prognozlashda uning komponentlariga ta’sir qiluvchi omillar yoki boshqacha qilib aytganda, tug’ilish, o’lim, migratsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olish alohida ahamiyatga ega. Aynan shu ko’rsatkichlar demografik jarayonni belgilaydi.Aholining kelajakdagi soni asosan tug’ilish darajasiga bog’liq. Shuning uchun dastlab unga qanday omillar ta’sir qilishini o’rganish lozim. Bu yerda tug’ilishni oshiruvchi va kamaytiruvchi omillarni alohida belgilash mumkin. Tug’ilish darajasini oshiruvchi asosiy omillar deb odatda, maktabgacha tarbiya muassasalari va uy – joy qurish jarayoni taraqqiyotiga aytishadi.Tanlanma tadqiqotlar ma’lumotlariga kura, 30% ga yaqin odamlar farzand ko’rishdan o’zini saqlash sabablari sifatida yashash sharoitlarini ko’rsatadi.Download 35.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling