Demografik jarayonlatni prognozlash Mundareja: Kirish I. Bob Demografik jarayonlatni prognozlash


II.1 Demografik bashorat to`g`risida


Download 61.1 Kb.
bet9/14
Sana13.02.2023
Hajmi61.1 Kb.
#1195453
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Demografik jarayonlatni prognozlash

II.1 Demografik bashorat to`g`risida.
Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish mehnat xususiyatidagi o‘zgarishlarni, intellektual mehnat sohasidagi inson imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqarilishini, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini, uning malaka va kasbiy tarkibini o‘z ichiga oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning yosh va jins tarkibini, tugilish va o‘lim darajasi, aholining hududiy joylashishi haqidagi ma‘lumotlarni tahlildan o‘tkazish asosida ko‘rib chiqadi. Demografik prognoz kelajakda oilalarning soni, ularning o‘rtacha kattaligi, migratsiya jarayonlarining yo‘nalishi va jadalligi, faol mehnat faoliyatining uzunlugi, mehnat faoliyatini boshlash va tamomlash, pensiyaga chiqishning o‘rtacha yoshlari, aholi umrining o‘rtacha uzunligi haqida zarur ma‘lumotlar olish imkonini beradi.
Demografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining hajmi va tuzilishi, shaxsiy iste‘mol mollari ishlab chiqarish, maorif, sogliqni saqlash va xokazolarni rivojlantirish rejalashtiriladi. Хullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bogliq.
―Ijtimoiy rivojlanish prognozlari axolining ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini, turmush tarzining o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash soxasidagi murakkab tadqiqotlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mexnat resurslarining bandligi va ularning foydalanish, milliy boylikni takror ishlab chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, axolining turmush darajasi, iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, iqtisod mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo‘jaligi va tashki iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish.
Jumladan, ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat mahsulotlari va nooziqovqat mahsulotlari iste‘mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal ho‘jaligi, aholiga maishiy hizmat ko‘rsatish, ta‘lim, madaniyat, san‘at va ommaviy axborot vositalari; sogliqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muhitni muhofaza qilish. Demografik prognozlash barcha kompleks dasturlar uchun kup qirrali asos bulib hizmat qiladi. Aholining kelajakdagi miqdori prognozi yaxlit xalq ho‘jaligini dinamikasini prognozlashning muhim elementi hisoblanadi. Demografik prognozlar aholi harakati va mehnat resurslarining qayta ishlab chiqarishi mehnatga layoqatli aholi bandligining darajasi, uning moliyaviy va kasbiy tarkibini qamrab oladi. Demografik prognozlar aholi dinamikasini uning jinsiy yosh strukturasi, tugilish, hududiy harakati tugrisidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida kurib chiqdi. Demografik prognozlash oilalarning kelajak sonini ularning urtacha kattaligi, aholi kuchma oqimlarining intensivligi, yunalishlari, faol mehnat faoliyati, davomiyligi va boshqalar tugrisida prognoz axborot olish imkoniyatini beradi.
Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari hajmi va strukturasi, iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta‘limi, sogliqni saqlash tizimi taraqqiyoti va boshqalar rejalashtiriladi. Shu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va hayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil boglangan.
Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullarni tanlash muhim jihat hisoblanib, ularning yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq belgilash mumkin.
Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlarning kelajak dinamikasi, ya‘ni tugilishlar va ulishlar soni, hududga kuchib kelishlar va kuchib ketishlar sonini jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda dastlabki ikki komponent yetarlidir.
Biroq alohida respublikalar buyicha aholining kelajakdagi sonini hisoblashda ichki migratsiya soldosini hisoblash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
«Aholi harajati»ni prognozlashda uning komponentlariga ta‘sir qiluvchi omillar yoki boshqacha qilib aytganda, tugilish, ulim migratsiyasi darajasiga ta‘sir qiluvchi omillarni hisobga olish alohida ahamiyatga ega.
Aholining kelajakdagi soni asosan tugilish darajasiga bogliq. Shuning uchun dastlab unga qanday omillar ta‘sir qilishini urganish lozim. Bu yerda tugilishni oshiruvchi va kamaytiruvchi omillarni alohida belgilash mumkin. Тugilish darajasini oshiruvchi asosiy omillar deb odatda, maktabgacha tarbiya muassasalari va uy - joy qurish jarayoni taraqqiyotiga aytishadi.
Тanlanma tadqiqotlar ma‘lumotlariga kura, 30% ga yaqin odamlar farzand ko‘rishdan o‘zini saqlash sabablari sifatida yashash sharoitlarini ko‘rsatadi.
Mamlakatda yiliga rekonstruksiyani hisobga olgan holda 2,3 million kvartira qurilmoqda, aholi 2 million kvartiraga ega bo‘lmoqda (0,3 million kvartira qarialar talabi hisobiga.) Mamlakat bo‘yicha ikkinchi martta nikohga kirayotganlar yiliga 1,8 millionni tashkil qiladi va agarda kengayishlar va boshqa omillar bo‘lmaganda edi hozir yosh kelin - kuyovlarga kvartiralar berilar edi. Bevosita bogliqlikning tarafi yo‘q. Masalan, Тoshkent shahrida maktabgacha tarbiya muassasalariga bo‘lgan talab to‘laligicha qondirilgan, biroq tug‗ilish o‘smayapti. Maktabgacha tarbiya muassasalarining rolini baholab turib, shuni aytish mumkinki, ko‘p oilalar ulardan deyarli foydalanilmaydi (ularda yoshlar hissasi juda kam), kam bolali oilalarda esa funksional muassasalarning mavjudligi yoki yo‘qligi nikoh va tug‗ilish o‘rtasidagi vaqt oraligida (yoki birinchi va ikkinchi farzand oraligda) ko‘rinadi.
Omillar qatoriga moddiy ta‘minlanganlakni ham qo‘shish mumkin. Bu demografik siyosatning bir omili bo‘lib, bu narsa bizning mamlakatimizda tug‗ilishni oshirishga qaratilgan (o‘ning asosiy sharti bo‘lib bolalarni tarbiya qilish harajatlariga davlatning sistematik pullik yordami hisoblanadi.)
Тug‗ilish pasayishiga olib kelo‘vchi omillar orasida birinchi navbatda aholi moddiy darajasining o‘sishi va bunga bogliq tarzda ehtiyojlari o‘sishini aytish lozim.
Zamonaviy taraqiyotning barcha ne‘matlarini oshirishga intilish yangi oila qurganlar rejalashtiradigan farzandlar usoni kamayishiga ta‘sir qiladi (tug‗ilishning «antogonistlari» sifatida avtomabil, televizor va hokazolar hisoblanadi).
Odatda, ayollarning jamoat ishlarida qatnashuviga tug‗ilishning kamayish omili sifatida qarashadi.
O‘lim omillari – ko‘kchadagi va maishiy shikastlar, alkogolizim va chekish, atrof - muhit ifloslanishi, sogliqni saqlashning rivojlanmaganligi va hokazolar.
Biror hudud hholisini prognozlashning muhim komponenti aholi migratsiyasi hisoblanadi. Aholi migratsiyasi asosan ishlab chiqarish joylashuvi bilan izohlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat resurslarining hududiy tarqalishini ko‘rsatib, u iqtisodiy rivojlanishda aks etadi va ishlab chiqarish samaradorligiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.

Download 61.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling