Demografik o‘sish va undan kelib chiqadigan muammolar


Dunyo aholisi sonining proghozi


Download 68.87 Kb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi68.87 Kb.
#1351708
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Demograf o\'sish

Dunyo aholisi sonining proghozi*

Yil

Aholi (mlrd. Kishi)

ISA

VMT

Dunyo banki

2025

8.1 – 9.9

7.9 – 9.1

8.3

2100

9.1 – 16.1

9.0 – 19.2

11.7

Dunyo aholisining proghozi juda keng, atroflicha retrospektiv tahlil asosida yaratilgan. 1950 yildan boshlab dunyo va uning alohida hududlarining demografik holati ilmiy o‘rganilgan. Tug‘ilish va o‘lim jarayonlari aholining demografik mayli hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida kutilayotgan o‘zgarishlar ham aholi sonini proghoz etishda asosiy omillar sifatida o‘rganilgan va proghozda hisobga olingan. Dunyo aholisining proghozida hududiy xususiyatlar mavjud. Bu xususiyatlar hududning demografik tarixiga mavjud demografik vaziyatga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.


Sayyoramiz aholisining soni XXI asrning dastlabki 10 yilligida (2009 y) 6,8 millardan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilda 8,5 millardni, 2010 yilda 11,7 milliardni tashkil etishi qayd etilmoqda. Demak yer shari aholisi XXI asrda ham XX asrga nisbatan sustroq bo‘lsada ko‘payib borar ekan. Lekin aholining ko‘payishi kelajakda dunyoning barcha hududlarida ham bir me’yorda kechmaydi. Demografik proghozlar guvohlik berishicha ba’zi hududlarda demografik rivojlanishda progressiv xususiyatlar (aholi sonini muntazam ko‘payib borishi) kuzatilsa, ba’zi hududlarda esa regressiv (aholi sonining kamayib borishi) holatlari sodir bo‘lishi kutilmoqda. Afrika aholisi XXI asr boshidan XXI asr ning o‘rtalariga qadar ikki barobar ko‘payishi proghoz etilgan. Afrika hududi aholisi 2009 yili 999 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa. 2050 yilda esa bu ko‘rsatkich 1.994 mln.ga yetar ekan. Ushbu davrda Amerika aholisi 920 mln. kishidan 1205 mln. kishiga, Osiyo aholisi 4117 mln.dan, 5461 mln. kishiga, Astraliya va Okeaniya aholisi 36 mln. dan 58 mln kishiga yetishi proghoz etilgan. Faqat Yevropa hududida ushbu davrda aholi sonining 738 mln. dan 702 mln. ga kamayishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Download 68.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling