Demografik siyosat
Download 304.67 Kb.
|
Demmografik siyosat.Demografik bashorat
DEMOGRAFIK SIYOSAT.
Demografik siyosat - aholi siyosatin ing asosiy’ qismi bo’lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o’ziga xos xususiyatlarga, yo’nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo’lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy - iqtisodiy siyosat yo’nalishi hisoblanadi. Aholi rivojlanishi esa, o’z navbatida uning ham miqdoriy ham sifatiy jihatlarini o’zgarib borishida namoyon bo’ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda, ma’lum davrda, ma’lum hudud aholisi yoki millatning son jixatidan o’zgarib borishi tushuniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatlmgi, o’rtacha umr ko’rishi, bilim darajasi va ta’lim tarbiya olishi va komilligida o’z ifodasini topadi. Aholi rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo’lib, u o’z ichiga aholining takror barpo bo’lish jarayonini ham oladi. Aholi siyosatinnng maqsadi davlat tomonidan aholining xam mikdoriy (normal, optimal darajada) ham sifatiy rivojlanishini ta’minlashdir. Aholi rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir etib borish tarixiy jarayondir. Ushbu jarayon jamiyat taraqqiyotining xar bir bosqichida, shu davrning ijtimoiy - iqtisodiy sharoitiga mos holda, alohida mazmunga ega bo’lgan. Jumladan, feodalizm sharoitida aholi rivojlanishining asosiy elementi bo’lgan ta’lim tizimi, nisbatan kam taraqqiy etgan edi. Masalan, O’zbekistonda masjidlar, madrasalar qoshida ta’lim tizimi joriy etilgan. Ularni moddiy ta’minlash maqsadida davlat va ayrim mulkdorlar tomonidan vaqf mulklari ajratilgan. Insonni mexnatga tayyorlash, jamiyat a’zosi uchun zarur bo’lgan bilimlarni axloqiy sifatlarni yosh avlod; asosan oiladan, oila muxitida olar edi. Keyinchalik sanoat asta - sekin rivojlanib borishi natijasida mexnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo’lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta’lim tizimini yanada rivojlanishiga, yoshlarga maxsus bilim berib, kasb - xunar o’rgatishga extiyoj yaratdi. Natijada. O’lkamizda ta’lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Hozirgi davrda O’zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o’z ichiga oladi: Download 304.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling