Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat


Download 159.39 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi159.39 Kb.

Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi 

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

 

demografiya va mehnat statistikasi sohasida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni o`rganish, 



umumlashtirish va tahlil qilish;

 

 



demografiya va mehnat statistikasi sohasi bo`yicha statistik uslubiyatni ishlab chiqish va 

uni  joriy  etish,  xalqaro  normalar  va  talablarga  javob  beradigan  uslubiyotni  statistik 

ma`lumotlarni shakllantirish jarayoniga joriy etish;

 

 



demografiya  va  mehnat  statistikasi  ma`lumotlarini  yig`ish,  qayta  ishlash,  taqdim  etish, 

umumlashtirish,  saqlash  hamda  davlat  statistika  hisobotlarini  elektron  qabul  qilish  tizimini 

takomillashtirish;

 

 



Davlat  statistika  qo`mitasining  tarmoq  boshqarmalari,  bo`limlari  hamda  hududiy 

statistika  organlarining  demografiya  va  mehnat  statistikasi  sohasida  axborotlarni  shakllantirish 

bo`yicha ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

 

 



Davlat  statistika  ishlari  dasturining  demografiya  va  mehnat  statistikasi  qismi  bo`yicha 

vazifalar ijrosini ta`minlash.

 

Boshqarma  o`ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarish  uchun  quyidagi  funktsiyalarni 

amalga oshiradi: 

 

Mehnat  statistikasi  axborotlarini  tayyorlash  bo`limi  va  Demografiya  statistikasi 



axborotlarini  tayyorlash  bo`limlarining  o`zlariga  yuklatilgan  vazifa  va  funktsiyalarini  samarali 

amalga oshirish bo`yicha faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

 

 

demografiya va mehnat statistikasi sohasi bo`yicha statistik uslubiyatni ishlab chiqish va 



uni  joriy  etishni,  xalqaro  normalar  va  talablarga  javob  beradigan  uslubiyotni  statistik 

ma`lumotlarni shakllantirish jarayoniga joriy etishni amalga oshiradi;

 

 

demografiya  va  mehnat  statistikasi  bo`yicha  davlat  statistika  hisobotlari  tizimini 



takomillashtirish  bo`yicha  takliflar  tayyorlaydi,  hisobotlarni  tuzish  tartibi  bo`yicha  yo`riqnoma 

va qo`llanmalar ishlab chiqadi;

 

 

demografiya  va  mehnat  statistikasi  jarayonlarining  holatini  tavsiflovchi  statistik 



ko`rsatkichlarning ishonchliligi, xolisligi va tizimliligini ta`minlaydi;

 

 



demografiya  va  mehnat  statistikasi  sohasi  uslubiyati,  statistika  ishlarini  tashkil  etish  va 

ularni bajarish masalalari bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi boshqarma va bo`limlariga hamda 

hududiy bo`linmalarga yordam ko`rsatadi;

 

 



ma`ruzalar  va  statistik  to`plamlar  uchun  demografiya  va  mehnat  statistikasi  bo`yicha 

ma`lumotlar tayyorlaydi;

 

 

Davlat  statistika  ishlari  dasturiga  muvofiq,  Qo`mita  rahbariyatining  topshiriqlari  va 



foydalanuvchilarning  so`rovlariga  asosan  demografiya  va  mehnat  statistikasi  bo`yicha 

ma`lumotlar tayyorlaydi;

 


 

Boshqarmaning uslubiy, iqtisodiy, tashkiliy va statistik ishlari rejalarini shakllantiradi va 

ularning ijrosini ta`minlaydi;

 

 



Boshqarma  vakolatiga  kiradigan  masalalar  bo`yicha  tizimlashtirilgan  elektron 

ma`lumotlar  bazasining  yaratilishi  va  yuritilishini,  uning  muntazam  ravishda  to`ldirilib  va 

yangilanib borilishini ta`minlaydi; 

 

 



Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati ko`rib chiqishi uchun tahliliy, ma`lumot uchun va 

boshqa materiallarni tayyorlaydi.



 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling