Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini qaror toptirish siyosati


Download 29.5 Kb.
Sana11.03.2020
Hajmi29.5 Kb.

Aim.Uz
Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini qaror toptirish siyosati

    Reja:

    1.Demokratik davlat, fuqarolik jamiyati tushunchalarining mohiyati


    2.O'zbekistonning demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurishga tomon to'tgan yo'li va o'ziga xos xususiyatlari
    3.Maxalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, ularning vazifalari va amaliy faoliyati
    4.Jamiyatni demokratlashtirish jarayonida siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining o'rni.

    Maxalliy davlat xokimiyati asoslari

    Maxalliy xokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
    Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
    Xududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
    Maxalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliklar, yigimlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamgarmalarni xosil qilish;
    Maxalliy kommunal xujalikka raxbarlik qilish;
    Atrof-muhitni muxofaza qilish;
    Fuqarolik xolati aktlarini kayd etishni ta'minlash; Normativ xujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

    Siyosiy partiyalar haqida

    Siyosiy partiya O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat xokomiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan kosmining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orkali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi kungilli birlashmasidir.

    O'zbekiston Respublikasining «Siyosiy pratiyalar tug'risida»gi Qonuni, 1-modda

    Shu bilan birga

    1. Davlat siyosiy partiyalar, jamoat harakatlarining rivojlanishiga yordam bermokda, chunki siyosiy partiyalarsiz respublikada vakillik demokratiyasini tasavvur qilib bo'lmaydi.


    2. Demokratiyaning sifati partiyalar sonining ko'p bo'lishi bilan belgilanmasligini xamma yodda to'tishi darkor. …Partiyalarning paydo bo'lishi, ularning soni, dasturiy yo'l-yuriklarining o'ziga xosligi va xokazolar esa ijtimoiy manfaatlar yig'indisi va jamlanishi orkali tabiiy yo'l bilan belgilanmogi kerak.Siyosiy partiyalar mavjud bo'lishining asosiy va birdan-bir prinsipi davlatning konstitusiyaviy me'yorlarini xurmat qilish va ularga rioya etishdan iborat bo'lmogi lozim.
    3. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar Xalq bilan xokimiyat o'rtasida asosiy bog'lovchi bugin bo'lgan demokratik institutga tezroq aylanishi g'oyat muhimdir.

    Jamiyatda barqarorlikni saqlash zarurligi haqida gapirar ekanmiz, siyosiy institut sifatidagi muxolifat masalasini tilga olmaslik mumkin emas. Bunday institutning mavjud bo'lishi demokratik jamiyat uchun shart bo'lgan va normal xoldir.

    Muxolifat – siyosiy institut sifatida

    Demokratik muxolifatning mavjud bo'lish shartlari



    1. Konstitusiya va qonun normalarini xurmat qilish kerak.
    2. Tashkiliy jihatdan rasmiylashgan bo'lishi kerak.
    3. Tegishli yuridik makomga ega bo'lishi kerak.
    4. Davlat qurilishining muqobil loyixalariga ega bo'lishi lozim.
    5. O'z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning qat'iy, barqaror xolati uchun mas'ul bo'lishi lozim.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling