Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi


Download 0.65 Mb.
bet10/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish, uning siyosatdan yuqori turishi ta’kidlanadi. Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan batamom xoli qi-lish, bu umuman mafkuradan voz kechishni anglatmaydi, chunki birorta ham jamiyat ijtimoiy ongning san’at, din, siyosat, axloq kabi turli shakllarda mujassamlashgan muayyan g’oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan tashqari rivojlana olmaydi.
2.Davlat bosh islohotchi. Yangi jamiyat qurish davrida, ayniqsa o’tish bosqichida davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini qo’ldan bermasligi zarur. Davlatning boshqaruvchilik roli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yana bir g’oyat muhim shartidir.
3.Qonunlarning ustuvorligi. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo’lgan qonunlarga tayangandagina muqarrar bo’lishi, sezilarli natijalar berishi mumkin. Qonun hamma narsadan ustun bo’lishi kerak.
4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
Respublikaning nufuzi, tarixiy-madaniy xususiyatlarini albatta hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini, qariyalar va bolalarni himoya qilish lozim.
5.Bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bu o’zini oqlamagan totalitar rejali iqtisodiy tizimdan istiqboli amalda tasdiqlangan erkin rivojlanuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu tizimlarning negizlari xilma-xil, rivojlanish qonun va qoidalari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tishda shoshilish yaramaydi. Yangi iqtisodiy, bozor munosabatlariga puxta o’ylab, bosqichma-bosqich o’tish zarur.
8. Huquqiy davlatni qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – O‘zbekistondagi siyosiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari.
XX asr 90-yillarining oxiri — yangi asr boshlaridagi siyosiy islohotlarning muhim ahamiyati shunda bo‘ldiki, bu paytga kelib xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, siyosiy madaniyatini yuksaltirish, demokratiyaning eng muhim tamoyillarini hayotga tatbiq etish uchun shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonda siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishning o‘ziga xos qadriyatlari shakllandi. Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov mustaqillik davridapn tajribalarni va stakchi xorijiy mamlakatlar njtimoiy-siyosiy hayotini chuqur tahlil etib, fuqarolarshshg siyosiy jarayonlarda ishtirok etmshshing domokratpk tamoyillarini ilgari surdi: «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini bslgilovchi kamida uchta mszon bor. Bular — xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir
O‘z-o‘zidan ravshanki, siyosiy to‘zum to‘la-to‘kis amal qilishimiz va uiing yanada erkishshshuvini ta’minlash uchun uni tashqil etuvchi hamma to‘zilmalar, ya’ni mavjud sub’ektlar — shaxs, siyosiy institutlar, aholiniig ijtimony guruhlari hamda qatlamlari va hokazolar to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga urishish zarur».
Ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning siyosiy faolligini yuksaltirish, ularning qarorlar qabul qilishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi maliakatda fuqarolik jamiyatini qurish kafolatlaridan biridir. Ayniqsa, sobiq totalitar to‘zum meros qilib qoldirgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi asoratlari fuqarolar dunsqarashi, siyosiy onsh va amaliy xattm-harakatida barham topmas ekan, ijtimoiy hayotni siyosiy jihatdan erkinlashtirishga doir isloxotlar ham qiyin kechishi turgan gap.
Ma’lumki, siyosiy ong va siyosiy madaniyat yuksalishida fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokining ahamiyati bsqiyosdir. Fuqarolar jamoat tashqilotlarning faoliyati vositasida yoki bevosita qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etar ekan, ularda quyidagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kutiladi:

  • fuqarolarshshg siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki ularning siyosiy-ijtimoiy faolligini uyg‘otadi, harakatga keltiradi, bu yo‘nalishda muayyan ko‘nikmalar shakllanadi. Boshqacha aytganda, har bir fuqaroning ijtimoiylashuv jarayoni amalga oshadi;

  • qarorlar qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish oddiy fuqarolarning manfaatlari, ehtiyojlari va intilishlarining hisobga olinishiga turtki bo‘ladi. Eng asosiysi, bu jarayonlar fuqarolarda siyosiy mas’uliyat ruhini shakllantiradi;

  • fuqorolarning siyosiy qarorlar qabul qilishda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini turli jamoat tashqilotlari va siyosiy partiyalar vositasida ifodalanishidan qoniqishlari ularni yanada faollashtiradi; natijada o‘zaro manfaatlar kelishuvi oqibatida jamiyatgashg barqaror bo‘lishiga katta hissa qo‘shiladi;

  • bu jarayonlarda ishtirok har bir fuqaroga o‘zligini anglashga, uning jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallashiga qulay sharoit yaratadi, milliy iftixor tuyg‘ularining yuksalishini ta’minlaydi;

  • davlat hokimiyati jamiyatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar va guruhlar manfaatlarini o‘z siyosiy qarorlarida ifodalashiga erishiladi; mazkur qarorlar amalga oshishi natijasida siyosiy hokimiyat yanada legitimlashadi; davlat organlarini, fuqarolarni boshqarish, siyosiy qarorlarni bajarigani ta’minlashga doir jarasllar va mamuriy tadbirlarli amalga oshirishda jamiyat hech bir zo‘riqishsiz va ixtisriy ravishda qabul qiladi; shuningdek, bu faoliyat fuqarolar tomonldal ksng qo‘llab-quvvatlanadi;

  • bu jarayonlar jamiyatdagi ko‘lchilik fuqarolarning irodasnni ifodalashga imkon yaratib, jamiyat va davlat xrkimnyatining demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko‘rsatish salohiyatini oshiradi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling