Demosfen nutqining ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki uning to- vushi juda past boMib, bir oz duduqlanar, buning ustiga “r” tovushini yaxshi talaffuz etolmas, gapirganda yelkasini qimirlatib turadigan odati ham bo‘lib, ko‘pchilik o‘rtasida o‘zini noqulay sezardi. Natijada uning chiqishlari kulgi va masxaralar bilan qarshi dinar, nutqini oxirigacha yetkaza olmay, minbardan tushib ketishga majbur bo‘lardi