Yuqori P. miloddan avvalgi 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam" shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868 yilda Fran-siyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan shuhrat topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |