Denov tadbirkorlik va pedagogika 1-bosqich 1T-20 guruh talabasi
Download 1.12 Mb.
|
Ablakimova Hojiniso O'zbekiston tarixidan mustaqil ishi
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda yuqori P. yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi. Siyobcha makonida esa yuqori P. odamining jagʻi, tishlari va qoʻl suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir. Shunday qilib, yuqori P. davrining boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda "Xomo sapiyens" — "aql-idrokli odam" nomini oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid, negroid va mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irklarning jamoalari Osiyo orkali avval Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi oʻrnida joylashgan quruklik orqali Amerika qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori P. davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Kromanon odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli boʻyoklar bilan ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning haykallari yasalgan. Yuqori P.ning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy nomlari bilan 3 bosqichga boʻlib tadqiq etilgan.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling