Denov tadbirkorlik va pedagogika institute tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 4-bosqich buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi talabasi Umarov Salohiddinning buxgalteriya hisobi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu:Qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi Qurilish tashkilotlari o‘z faoliyatini xo‘jalik hisob-kitobi asosida yurituvchi, ya’ni o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlovchi, olgan daromadlari evaziga barcha harajatlarini qoplovchi va pirovard natijada foyda oluvchi korxonalar sifatida buxgalteriya hisobining muhim sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari xo‘jalik faoliyatining turlari, ularni tashkil qiluvchi jarayon va muomalalar, erishilgan moliyaviy natijalar, shuningdek xo‘jalik faoliyatini olib borilishini ta’minlovchi aktivlar, bu aktivlarni tashkil topish manbalari buxgalteriya hisobi ob’ektlarini tashkil etadi. Bu ob’ektlarni kuzatish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat va tahlil qilish hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalari bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari xo‘jalik faoliyatining turlari, ularni tashkil qiluvchi jarayon va muomalalar, erishilgan moliyaviy natijalar, shuningdek xo‘jalik faoliyatini olib borilishini ta’minlovchi aktivlar, bu aktivlarni tashkil topish manbalari buxgalteriya hisobi ob’ektlarini tashkil etadi. Bu ob’ektlarni kuzatish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat va tahlil qilish hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalari bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari bevosita ular tomonidan bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, jihozlarni o‘rnatish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, obodonlash-tirish, kapital va joriy ta’mirlash ishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |