Denov tadbirkorlik va pedagogika institute


Download 22.5 Kb.
bet2/8
Sana08.06.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1465479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bugalteriya 1

Yillik hisobot bo’yicha:

13 -1-son shakl — «Buxgalteriya balansi»; -2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»; -2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»; -3-son shakl - «Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot»; -4-son shakl - «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»; -5-son shakl - «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot». 2. Yarim yillik hisobot bo’yicha, -1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»; -2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»; -2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»; -4-son shakl-«Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot». 3. Choraklik hisobot bo’yicha: -1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»; -2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»;

-2a-son shakl - «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma». Ushbu yangi hisobot shakllariga 1999-yil 21-oktabrida, Moliya vazirligining 266-son buyrug’iga asosan o’zgartirish kiritildi. Uning ma’nosi, yuqorida tasdiqlangan buyruqdagi 2-son hisobot nomlanishini, «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot», degan nomlanishga o’zgartirishdan iborat edi. Bundan tashqari, Moliya vazirligi 1998-yil 26-iyunida 79-son «Moliya Vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrug’iga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi buyruq» chiqarib, unda korxona va tashkilotlar yuqorida ko’rsatib o’tilgan shakllar bilan birga yana 2b-son «Moliyaviy-iqtisodiy ahvol to’g’risidagi ma’lumotnoma»ni ham taqdim etishi shartligi qayd etildi. Aynan shu buyruqning o’zi bilan ushbu shaklni to’ldirish to’g’risidagi yo’riqnoma ham tasdiqlangan. Endilikda esa moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’iga muvofiq tuzilmoqda. Bu buyrug’iga 12.11.2003-yil va 20.12.2004-yilda Moliya vazirligining mos ravishda 1209-1 va 1209-2 son buyrug’lari bilan o’zgartirishlar kiritilgan, hamda ular moliyaviy tahlil maqsadlari uchun asosiy manbalar hisoblanmoqda.


Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling