Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1711501 “Ta`lim va tarbiya nazariyasi (Boshlang`ich ta`lim)” mutaxassisligi 2-kurs talabasi Rahimova Gavhar Muhiddinovnaning


Download 12.68 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi12.68 Kb.
#1530186
Bog'liq
Рахимова - рахбар хулосаси


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1711501 “Ta`lim va tarbiya nazariyasi (Boshlang`ich ta`lim)” mutaxassisligi 2-kurs talabasi Rahimova Gavhar Muhiddinovnaning “Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o’rni” mavzusidagi dissertasiya ishiga rahbar
XULOSASI
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Bu haqida Prezident Sh.M.Mirziyoyev shunday deydi: “...Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham xal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan imkon qaratilmoqda”1.
Qolaversa, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish” degan dasturiy g‘oya yoshlarni Ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o‘ta sharafli vazifa ekanligini ta’kidladilar2.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzlyuksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi.
Shu jihatdan talaba Rahimova Gavhar Muhiddinovna tomonidan tanlangan bitiruv ishining muammosi sifatida tanlangan mavzu shu jihatdan dolzarb sanaladi. “Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o’rni” mavzusidagi dissertasiya ishida ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash bitiruv ishining maqsadi yetib belgilangan.
Talaba o‘z dissertasiya ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligini asoslagan, ob’yekt, predmet, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilagan, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyatini yorita olgan.
Ishning birichi bobida kasbiy refleksiya tushunchasining nazariy-metodologik jihatlari yoritilgan. Ikkinchi bobida pedagogik faoliyatda kasbiy refleksiyaniing turlarini nazariy-ilmiy o’rganish usullari berilgan. Uchinchi bobida tajriba-sinov ishlari dasturi, savollar jamlanmasi hamda natijalar keltirilgan.
Talaba Rahimova Gavhar Muhiddinovna tomonidan tadqiqot dasturida belgilangan vazifalar yetarli darajada tadqiq etilgan. Ish yakunlangan.
Ammo ishda yetarli darajada kamchiliklar mavjud:
1. Dissertasiya matni to‘liq tahrirga muxtoj.
2. Adabiyotlarni rasmiylashtirilishini qayta o‘rnatilgan tartibda tahrirlash kerak.
3. Tavsiyalarni yana takroran qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.
Mazkur kamchiliklar dissertasiya ishini himoyaga olib chiqishga monelik qilmaydi.
Talaba Rahimova Gavhar Muhiddinovna tomonidan yozilgan “Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o’rni” mavzusidagi dissertasiya tadqiqot ishi yakunlangan bo‘lib, OTMlarida magistrlik dissertasiyasiga qo‘yilgan talablariga to‘la javob beradi, deb hisoblayman va mazkur dissertasiya ishini himoyaga tavsiya etaman.


Pedagogika fanlari doktori, prof.



1 Мирзиёев Ш.М. “Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз”. - Т.: “Ўзбекистон”, 2016.

2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси

Download 12.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling