Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin:
Birinchidan inson tomonidan to’planayotgan bilimlar xajmi nihoyatda yuqori suroatlar bilan ortib bormoqda. Masalan, 18 asrlarda bu xajm xar 50 yilda ikki marta oshgan bo’lsa, 1950 yilga kelib xar 10 yilda, 1970 yilda xar 5 yilda, xozirga kelib esa xar 2 yilda ikki martaga oshib bormoqda. Ikkinchidan ushbu bilimlar manbasidan foydalanish samaradorligining o’sishi, xamda inson faoliyati davomida qayta ishlanadigan informasiya xajmining ortib borishi mexnat resurslarining moddiy ishlab chiqarishdan informasion sferaga qayta taksimlanishiga olib kelmoqda. Buni ayniqsa rivojlangan davlatlar misolida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Masalan, 1880 yilda AQShdagi informasion sferada ishlovchilar soni umumiy ishlovchilarning 5 % ini tashkil etgan bo’lsa, 1900 yilda bu ko’rsatkich 10 % ni, 1946 yili 30 % ni, 1980 yilda 45 % ni, 1990 yilda esa 51 % ni tashkil etgan. Endilikda esa bu ko’rsatkich 60 % ni tashkil etmoqda. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida qo’llaniladi.Shu sababli axborot texnik-iqtisodiy, falsafiy, shuningdek gnoseologik (axborot anglash vositasi sifatida), kibernetik kabi bir qator jihatlari bilan farqlanadi. Insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi: shu bilan birga fanning har bir tarmog’i, hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi. O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi: shu bilan birga fanning har bir tarmog’i, hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tasniflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |