Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishining bayonnomasidan k o‘ Chirm a


Download 16.13 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi16.13 Kb.
#1425880
Bog'liq
uslubiy qo llanma bayonnomasi


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
O‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishining __ bayonnomasidan


K O‘ Ch I R M A
__-____ 202_ yil.
Qatnashdilar: __ Kengash a’zosi.
Qatnashmadilar: __ Kengash a’zosi.


K U N T A R T I B I :

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi D.M.Boboqulovaning “O‘quvchilarda dastlabki tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmasini tasdiqlash va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.


Eshitildi: Ushbu masala bo‘yicha o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i B.Primqulov axboroti: Pedagogika fani o‘qituvchisi D.M.Boboqulovaning “O‘quvchilarda dastlabki tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirish” nomli uslubiy-qo‘llanmasi umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va pedagogika yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, uslubiy qo‘llanmada O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va ta’lim tizimida dars o‘tishning o‘ziga xos tomonlari yetarlicha yoritishga harakat qilingan. Uslubiy qo‘llanma 263-betdan, kirish, ilovalar foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Taqrizchilar – X.Xudoyqulov - O‘zMU Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori
N.Ashurov - DTPI Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi.
So‘zga chiqdilar: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.U.Berdinazarov o‘z nutqida quyidagi fikr va mulohazalarni bildirdi:
-Ushbu uslubiy qo‘llanmaning nomini “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dastlabki tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyaga oid tushunchalarini shakllantirish” deb nomlash lozimligi;
-Ushbu uslubiy qo‘llanmaning mundarijasiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritish va bob hamda paragraflar nomini tahrirlash lozimligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
O‘quv-uslubiy kengash a’zolari “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi D.M.Boboqulovaning “O‘quvchilarda dastlabki tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmasi pedagogika fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga va umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, uslubiy qo‘llanmada mavzular tizimli yoritib berilgan, o‘quvchilarga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan
Kyengash yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
“Boshlang‘ich taьlim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi D.M.Boboqulovaning “O‘quvchilarda dastlabki tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrga tavsiya etilsin.


O‘quv-uslubiy kengash raisi Z.Berdinazarov
O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i B.Primqulov
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling