Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarishning asosiy mohiyati ma’lum bilimlar asosida noma’lum bilimlarni keltirib chiqarishdir. YA’ni xulosa chiqarish orqali biz borliqning bizga ma’lum jihatlari orqali uning noma’lum jihatlari haqida bilim hosil qilamiz.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |