Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 6mm-20-guruh talabasi abdusalomov


Download 0.78 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1555731
Bog'liq
Davlat xaridlari tizimida “Yashil xaridlar”ning ahamiyati

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI 6MM-20-GURUH TALABASI ABDUSALOMOV SAMARIDDINNING moliya FANIDAN Davlat xaridlari tizimida “Yashil xaridlar”ning ahamiyati MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI


Iqtisodiyotning ―yashil‖ deya nomlangan shakliga o’tish jarayoni har bir davlat uchun alohida ahamiyat kasb etib, ushbu jarayon uzoq muddat va katta miqdorda investitsiyalar talab etishi, asosiy e‘tibor qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi
O’tkazilgan tahlillar iqlimning o’zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta‘minlashda o’zaro bog’liq muammolar hamda ehtiyojlar mavjudligini ko’rsatdi. Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi iqtisodiyotning resurslarga bo‗lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof-muhitga salbiy antropogen ta‘sirni kuchaytirmoqda hamda issiqxona gazlari ajratmalarining ko’payishiga olib kelmoqda.
Mamlakatimiz qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish bo’yicha yuqori texnik salohiyatga ega bo’lib, uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to’g’ri keladi. Jumladan, bizda quyoshli kunlar yiliga o’rtacha 320 kunni va faol quyosh nurlari tushishi davomiyligi 3000 soatni tashkil etishi bois yurtimizning quyosh nuridan energiya ishlab chiqarish salohiyati yiliga 525-760 mlrd. kVt.s.dan iborat.
Shamol energetikasining hisobiy salohiyati esa 500 GVtni yoki amaldagi energotizimdan 30 barobar ko’p bo’lgan quvvatli qurilmalarni joylashtirish imkonini beradi.
Istiqbolda bunday mavjud salohiyatni to’liq ishga solish choralari ko’riladi. Ayniqsa, sohadagi texnologik jarayonlarning avtomatlashganlik darajasini oshirish, tashish va taqsimlashga sarflanadigan elektr energiyasi hajmini qisqartirish, elektr energiyasi iste‘moli tizimlarini avtomatik nazorat va hisobga olish asboblari bilan to‗liq jihozlash ishlari bajariladi.
Bundan tashqari, ―yashil‖ innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarga, jumladan, kichik biznesga ko’mak ko’rsatish, tovar (ish, xizmat)lar energiya-resurs samaradorligining turli hisoblagichlari, spetsifikatsiyalar kataloglarini yaratish, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar energiya-resurs samaradorligini sertifikatlashtirish tizimini joriy etish orqali davlat ―yashil‖ xaridlarini rag’batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish muhim vazifalar qatoridan o’rin olgan. ―Yashil‖ kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish, ―yashil‖ fondlar, energiya tejamkorligi maxsus fondlari va xuddi shunday boshqa mexanizmlar yaratish, ―yashil‖ iqtisodiyotga o’tish bo‗yicha loyihalarni moliyalashtirishda xususiy sektorni faollashtirish, ―yashil‖ investitsiyalarga nisbatan bank tizimini rag’batlantirish ko’zda tutilgan.
Yashil iqtisodiyot bo’yicha tadbirlar
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Green Hub” platformasi ishga tushirildi IFMR Green Hub – “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun maydonchasi haqida IFMR Green Hub - yashil iqtisodiyotga o‘tish, yashil o‘sishni o‘rganish va rivojlantirish yuzasidan tadqiqotlar, ekspert hamda tadqiqotchilar platformasi
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish O‘zbekistonga ko‘plab bonuslar olib keladi. Hukumat pandemiyadan oldingi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tiklash hamda kelgusi yillarda yana-da yuqori o‘sish surʼatlariga erishishni maqsad qilgan. O‘z navbatida, mamlakatda aholi soni va daromadlari ko‘paymoqda. Bunday sharoitda, turgan gapki, energetika resurslariga bo‘lgan talab ham ortadi. “Yashil iqtisodiyot”ning muhim komponenti qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish va foydalanish hisoblanadi. Bu jihatdan O‘zbekistonning salohiyati ancha yuqori. 
Bugun insoniyat yangi tahdidlar oldida turibdi. Yer shari aholisi ko‘payishda davom etyapti, tabiiy resurslar zaxirasi esa muttasil ravishda qisqarmoqda. Bunday disproporsiya dunyo mamlakatlarini tang ahvolga solib qo‘yayotgani bor gap. Avvalo, global ekologik muammolarning keskinlashuvini kuzatyapmiz. Ekspertlar vaziyatni o‘nglash uchun jahon iqtisodiyotida “yashil taraqqiyot” tamoyillarini joriy etish zarurligini taʼkidlamoqda. Mazkur yondashuv BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarida ham o‘z ifodasini topgan.
Xalqaro moliyaviy institutlarning hisob-kitobiga qaraganda, respublikada muqobil energiya (ayniqsa, quyosh energiyasi)ning yillik zaxirasi 270 million tonna shartli yoqilg‘i ekvivalentiga teng. Bu real ehtiyojimizdan uch karra ko‘p. Buning ustiga, “yashil energetika” sohasidagi loyihalarni amalga oshirish O‘zbekistonda yaqin o‘n yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 3 barobardan ziyodga ko‘paytirish imkonini beradi. Bu iqtisodiyot uchun katta foyda bo’ldi
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling