Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Tadbirkorlik va boshqaruv"fakulteti
Download 0.94 Mb.
|
Yuridik shaxslardan mol - mulk solig\'i
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Tadbirkorlik va boshqaruv"fakulteti 6-mm-20 guruhi talabasi Musurmonov Ozodbek Fan:Soliqlar va soliqqa tortish Mavzu:Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari oshirildi. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, maydoni 500 kv. m gacha bo‘lgan turar joylar uchun soliq 12−12,1 foizga, 500 kv. m dan yuqori bo‘lsa, 11,3 foizga yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilda uy-joy fondiga (shu jumladan, ko‘p kvartirali uy bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mashina o‘rni) ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasining o‘sish sur’ati bo‘yicha avvalgisiga nisbatan cheklov qo‘llash amaliyoti saqlanib qolmoqda. Xususan, 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq summasi joriy yilda 2022 yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga, 2023 yildan boshlab noturarjoy ko‘chmas mulk obyektlari uchun o‘tgan yilga nisbatan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasiga cheklov qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi. Ushbu qoida jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘chmas mulk obyektlarini funksional maqsadiga ko‘ra (turar joy bo‘lmagan binolar) soliqqa tortish uchun teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilgan. Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi. Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) quyidagi miqdorlarda 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas: 📍Toshkent shahrida – 2,5 mln so‘m; 📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1,5 mln so‘m; 📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln so‘m. Agar obyektning 1 м² qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli. Soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha quyidagi huquqlar berildi: - 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani 2022-yil 1-fevralga qadar ko‘chmas mulk obyektlariga 1 м² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish; - 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 2022-yil 1-aprelga qadar, penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasini qo‘llamasdan taqdim etish; - 1 м² obyektning qiymati belgilangan minimal qiymatdan kam bo‘lgan taqdirda, 2022-yil 1-aprelga qadar ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash rejalashtirilganligi to‘g‘risida soliq organini xabardor qilgan holda ko‘chmas mulk qiymatini 2022-yil 1-oktabrga qadar mustaqil baholashni o‘tkazish, mustaqil baholash yakunlangandan keyin 30 kun davomida soliq organlariga mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling