Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Institutining Aniq va Tabiiy fanlar fakultetining
Download 20.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqkompyuter mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Tizimli blokning tarmoq,elektr tok manbasi (quvvat bloki)
- Kompyuterning Sistema blokidagi qurilmalari va sxemalari vazifalari.
- Oziqlanish bloki, sistema platasi, operativ hotira sxemalari, xotiraning boshqa turlari, portlar, kengaytirish slotlari, shinalar.
- Kompyuter sotib olishda energiya blokining quvvatini aniqlab oling. U kamida 200-250 vatt bo`lishi kerak, aks holda u qo`shimcha qattiq disk (vinchester), qo`shimcha platalar, yangi kuchliroq
- Personal komp’yuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funktsiya yuklangan: - personal kompyuterni elektr energiyasi bilan taminlash ;
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Institutining Aniq va Tabiiy fanlar fakultetining Matematika va Informatika yo’nalishining 3-MI-2022-guruh talabasi O'razov Salohiddinning Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti fanidan yozgan Mustaqil ishi Mavzu:Tizimli blokning tarmoq,elektr tok manbasi (quvvat bloki) REJA: Komp'yuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni energiya bilan ta`minlovchi energiya blokining asosiy vazifalari. Kompyuterning Sistema blokidagi qurilmalari va sxemalari vazifalari. Kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni energiya bilan ta`minlovchi energiya blokining asosiy vazifalari. Sistema blokining tarkibi Oziqlanish bloki, sistema platasi, operativ hotira sxemalari, xotiraning boshqa turlari, portlar, kengaytirish slotlari, shinalar. Komp'yuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni etarlicha energiya bilan ta`minlovchi moslama komp’yuterninig energiya blokidir. Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta`minlash, havo almashtirish va protsessor ichini sovutishdir, chunki ko`pgina komponentlar energiya bloki, protsessor va vinchester uzluksiz ish vaqtida qizib ketadi. Agar ishonchli havo almashtirish ta`minlanmasa, komp'yuter ichki qismlari qizib ketishi va to`xtab qolishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari kuchlanishlar tez-tez o`zgaradigan, katta kuchlanishli toklar o`tadigan joylarda energiya blokining ishonchliligi katta axamiyatga ega. Komp'yuter sotib olishda energiya blokining quvvatini aniqlab oling. U kamida 200-250 vatt bo`lishi kerak, aks holda u qo`shimcha qattiq disk (vinchester), qo`shimcha platalar, yangi kuchliroq protsessor, mul'timedia vositalarini o`rnatishda tok etmay qolishiga sababchi bo`ladi. Personal komp’yuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funktsiya yuklangan: - personal kompyuterni elektr energiyasi bilan taminlash ; - ichki sistemalarni sovutish ; - ichki komponentlarni himoyalash. Tok manbai blokini asosiy masalasi personal komp’yuterni elektr energiyasi bilan taminlashdir. U 220 V o’zgaruvchi tokni 5 va 12 V o’zgarmas tokga aylantirib beradi.AQH va boshqa ba’zi mamlakatlarda tarmoqda 120 V bo’lganligi sababli, 120 V ni 5 V yoki 12 V ga aylantiriladi. 5 va 12 V kuchlanishlar personal komp’yuter qurilmalarida foydalinadi. Komp’yuterga o’rnatilgan tok manbai bloki komp’yuter sistema blokini sovutishda muhim rol o’ynaydi chunki blokni vintelyatori komp’yuterni ichki havosini so’rib tashqariga chiqirishga mo’ljalangan. Xajjatda olib qaralsa sistema blokida tok manbai korpusni yuqori qismida joylashgan. Ma’lumki komp’yuter sistema blokidagi qurilmalardan ajralib chiqayotgan issiqlik yuqoriga qarab ko’tariladi. Yuqoridagi tok manbai blokidagi vintilyator shu issiqlikni tashqariga uzatadi. Personal komp’yuter agar normadagi elekt kuchlanishi bo’lmasa ishga tushmaydi. Chunki tok manbai bloki energiya bermaydi. Agar unga normadan ortiq kuchlanish ulansa, undan hid chiqib, kuyganini bildiradi. Ona plata, u markaziy protsessor, tezkor xotira, vinchester, floppi-diskovod, ISA, PCI yoki AGP interfeysiga ega turli kengayish platalari, ikkita ketma-ket (COM1 va COM2) va bitta parallel (LPT1) portlarni bog‘lovchi bo‘g‘in sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, ona platada barcha muhim komponentlar jamlangan Kompyuterning Sistema blokidagi qurilmalari va sxemalari vazifalari. Barcha amallarni bajaruvchi protsessor. Kompyuter ishlab chiquvchi ma’lumotlarni monitorda aks etuvchi signalga aylantirib beruvchi videokarta. Kompyuter ishlab chiquvchi tovushlarning eshittirilishini, shuningdek, tovushlarni raqamli shaklda kompakt-disklarga sifatli yozishni ta’minlovchi tovush kartasi. Amaliyot tizimi, dasturlar, ilovalar, ma’lumotlar bazasi, o‘yinlar va boshqalarni saqlash joyi bo‘lmish Vinchester (qattiq disklarga yig‘uvchi). Tezkor xotiraga saqlovchi qurilma (OZU, «operativka») dan farqli o‘laroq, ozuqa manbaidan uzilganda vinchesterga yozilgan ma’lumotlar o‘chib ketmaydi. Lazerli kompakt-disklarni o‘qishga (ijro etishga) mo‘ljallangan CD-ROM-diskovod (kompakt disklarni o‘qish diskovodi). Kompakt-disklarda kompyuter dasturlari va o‘yinlar, musiqali asarlar, videofilmlar va boshqalar yozilgan bo‘lishi mumkin. Ona plata, kengayish platalari, vinchester, floppi-diskovod va boshqalarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ozuqa bloki.Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.Asosiy plata yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalar bo'lib, unga ba'zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali - shinalar (simlarning o'ramlari) yordamida bog'lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan ma'lumotlar) shinasi, Asosiy plata adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi. Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo'linadi. Ketma-ket port protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, parallel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko'p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo'lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor. Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM - Read Only Memory - faqat o'qish uchun xotira) mikrosxema ko'rinishida tashkil etilgan bo'lib, quvvat manbaiga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish- chiqarish asosiy sistemasi (BIOS - Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi. Download 20.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling