Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tarix (sirtqi) yo’nalishi 7-t-s-guruh talabasi Tilavov Mirjalolning Jahon sivilizatsiya tarixi fanidan slayt


Download 85.68 Kb.
bet4/4
Sana06.04.2023
Hajmi85.68 Kb.
#1332733
1   2   3   4
Bog'liq
Fazliddin

Krishnachilikda meditasiya deb ataluvchi, ibodatxonada o‘tkaziladigan diniy marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus harakatlar, Sankirtana – birgalikda xudo Krishnani "Xare Krishna, Xare Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare Rama, Rama, Rama, Xare, Xare" degan, maxamantra ("ozod bo‘lishning buyuk qo‘shig‘i")ni kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi. Bularning hammasi, ularning ta'biricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish, butun diqqat-e'tiborni xudoga nisbatan muhabbatga yo‘naltirish uchun bajariladi. "Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"da o‘z ergashuvchilarining mol-mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o‘tishlari rag‘batlantiriladi. Bu ta'limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi. Jamoa a'zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.

3. O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar. Tarix shuni ko‘rsatadiki, chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar boshidan kechirayotgan jamiyatda rivojlanishning “yagona to‘g‘ri yo‘li”ni, agar jamiyatdagi vaziyat salbiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, “yagona najot yo‘li”ni bilishga da'vo qiluvchi turli diniy jamoalar yoki sektalar vujudga kelishi kuzatiladi. O‘zbekistonda ham 1990-yillarning boshida muayyan darajada xarizma va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayrim “yangi dindorlar” o‘z g‘oyalarini boshqalarga ham targ‘ib qila boshladilar. Oqibatda respublikada bir necha norasmiy diniy jamoalar shakllandi. Ularning a'zolari orasida maxsus diniy ma'lumotga ega shaxslar deyarli uchramaydi.

Norasmiy diniy jamoalar ilgari surayotgan diniy-g‘oyaviy qarashlarning aksariyati sof diniy xarakterga ega bo‘lib, “xalifalik qurish” kabi diniy-siyosiy maqsadlarga qaratilmasada, aqidaviy jihatdan hanafiylik mazhabi ta'limotiga mutlaqo zid g‘oyalarni targ‘ib etish va o‘zlariga ergashmagan musulmonlar va boshqa din vakillariga o‘ta keskin munosabat bildiriladi. Jamoa ichida ayrim holatlarda fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi tartiblar joriy qilingan va jamiyatga salbiy munosabatlar shakllantirilgan. Oqibatda jamoa a'zolarining jamiyat va ijtimoiy aloqalarning uzilib qolishi, ular va boshqa fuqarolar orasida o‘zaro mojarolar kelib chiqishi, ayrim adeptlarning oilalari barbod bo‘lishi kabi ijtimoiy illatlar kuzatilmoqda. Jamoa rahbarlari esa o‘z tarafdorlarini shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish holatlari aniqlangan. Hozirgi kunda respublikada faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalar qatoriga “Ma'rifatchilar”, “Shohidiylar” va “Baxshillochilar”ni kiritish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1.O`zbekiston tarixi. Oliy o`quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun darslik R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b. 2. O`zbekiston Respublikasi. Ensiklopediya.-T.:O`zbekiston,1997y. 3. Ishokov F. Proshloye glazami istorika.-T.: O`zbekiston, 1999y. 4. Karimov SH., Turg`unov I., Shamso`tdinov R. Vatan tarixi. Uchinchi kitob.-T.; Sharq, 1997 y.


Download 85.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling