Denov tadbirkorlik va pedogogika inistititu talabasi bozorov obidjonning moliya bozori va fond birjasi fanidan tayyorlagan referati mundarija


II- bob. XALQARO MOLIYA BOZORI VA UNING SEGMENTATSIYASI


Download 113.35 Kb.
bet5/10
Sana22.10.2023
Hajmi113.35 Kb.
#1716312
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Referati mundarija Kirish I -bob. Xalqaro moliya va uning jahon-fayllar.org

II- bob. XALQARO MOLIYA BOZORI VA UNING SEGMENTATSIYASI
II.1. Xalqaro kapital harakatining mohiyati va xalqaro moliya
bozorining tarkibiy tuzilishi
Xalqaro kapital harakati sifatida mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy resurslar oqimi milliy investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi nomutanosiblik oqibatida kelib chiqadi. Xalqaro kapitallar harakati — ayni vaqtda nisbiy ortiqcha bo'lgan pul yoki tovar moddiy mablag‘larni mamlakat chegarasidan chetga joylashtirilishidir. Bu iboraning sinonimi kapital eksporti yoki kapitalni chiqarishdir. Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
• jahonda kapitalning notekis joylashishi. Bunda kapital resursi kapitalga boy mamlakatdan kapitalga muhtoj mamlakatga qarab oqib boradi;
• ko‘p mamlakatlarda jamg‘arma va investitsiyaning nomutanosibligi. Buning natijasida investitsiya uchun ortiqcha mablag‘lar yoki defitsit sodir bo‘ladi. Oqibatda mos ravishda kapitalning sof eksporti yoki importi vujudga keladi;
• mamlakatlarning investitsion muhitidagi, shuningdek kapital qo‘yilmalar uchun sharoitlardagi farqlanishlar;
• kapital egasining kapitaldan foydalanish samaradorligidagi farqlar va uning boshqa chet eldagi kapitalni egallashga qaratilgan harakatlari hamda kapitaldan samarasiz foydalanayotgan joydan o‘rin olishga harakat qilishi;
• iqtisodiy resurs sifatida odatda kapitalni yuqori darajada safarbar etilishi. Bu holat jahon iqtisodiyoti globallashuvi, erkinlashuvi, transmilliylashuvi va integratsiyalashuvi sharoitida yanada ko‘proq kuchga ega bojadi. Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital, xususiy kapital, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli, tadbirkorlik kapitali, ssuda kapitali, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalarni keltirib o‘tish tnumkin.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital — davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat budjeti mablagjarini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashtirishdir.
Xususiy kapital — xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablag'larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashtirishdir. Jahon kapital eksportida xususiy kapital yetakchi bo‘lib, o‘z navbatida davlat kapitali, xalqaro tashkilotlarning kapitali keyingi o‘rinlarda turadi. Odatda davlat va xalqaro tashkilotlar chetga kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz ko'rinishida hamda moddiy yordam ko‘rinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy kapital xalqaro kapitalning ikki xil: tadbirkorlik va ssuda kapitali shaklida namoyon bo‘ladi. Xalqaro tadbirkorlik kapitali tadbirkorlik foydasini olish uchun chet elda bevosita va bilvosita mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo‘yilgan mablag‘lar hisoblanadi. Xalqaro ssuda kapitali esa muddatlilik, qaytarishlilik, to'lovlilik shartlari asosida, foiz ko‘rinishida daromad olishni ta'minlovchi, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga chiqarilgan kapitalga aytiladi. Xalqaro ssuda kapitali chet el valutasidagi depozitlar yoki chet elga bank depozitlari va boshqa qo‘yilmalar, shuningdek kredit va qarzlar ko‘rinishida bo'lishi mumkin. Statistikada ssuda kapitali ko‘rinishidagi investitsiyalarni «boshqa investitsiyalar» sifatida aks etadi. Tashqi kreditlar va depozitlarning hajmi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilib kelmoqda. Oxirgi o‘n yillikda ularning hajmi uch barobardan ko'proqqa oshgan. Bunday kapitalning ssuda qismi banklar orqali xalqaro harakatga keladi. Xalqaro ssuda kapital harakatining asosiy elementlaridan yana biri xalqaro sindikatlashgan kreditlar hisoblanib, ularning rivojlanish tendensiyasi xalqaro kredit va depozitlar bilan bir xil bo'lmoqda va jami xalqaro ssuda kapitali harakatidagi ulushi atigi 2% ni tashkil etmoqda. Rasmiy kapitalni xalqaro miqyosda ssuda kapitali tarzida tashkillashtirishning mamlakat iqtisodiyoti uchun afzallik taraflari kattadir. Ssuda kapitalining afzalligi foyda me’yori va qaytarilishida iqtisodiy risk darajasi kamligidir.
Xalqaro xususiy kapitalning tadbirkorlik kapitali sifatida qo'yishning afzalligi uni yuqori darajada foyda olishni ta'minlashida va foyda olish maqsadida tadbirkorlik kapitali mablag‘lari elastikligi yuqoriligida namoyon bo'ladi. Tadbirkorlik kapitali investorga o‘z mulkidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va portfel investitsiyalar shaklida foyda olishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik kapitali o‘z navbatida to‘rt xil: to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, o‘rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo‘yilmalar shaklida namoyon bo‘ladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar — mamlakatga uzoq muddatli iqtisodiy foydani ko‘zlab qo‘yilgan kapital bo‘lib, u investorga kapital joylashtirilgan obyekt ustidan nazorat olib borishni ta'minlaydi. Bu odatda korxonaning 10 foizdan kam bo‘lmagan aksiyasi yoki ulushiga ega bo‘lishni talab etadi. Xalqaro portfel investitsiyalar — chet el qimmatli qog‘ozlari (qarz majburiyatini va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar va boshqalarjga qo‘yilgan kapital bo‘lib, u investorga kapital joylashtirilgan obyekt ustidan real nazorat olib borish huquqini bermaydi. Odatda amaliyotda bunday investitsiyalar aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarning kichik paketi, shuningdek ba'zan portfel investitsiyalardan alohida shakl kasb etuvchi qimmatli qog‘ozlarning hosilalari ko'rinishida bo‘lishi mumkin. O‘rta va uzoq muddatli xalqaro kapital qo'yilmalar - 1 yildan ko‘p muddatga, qisqa muddatlilari esa 1 yilgacha bo‘lgan kapital qo‘yilmalarga aytiladi. Xalqaro tadbirkorlik kapitalini mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar shaklida jalb etishning afzalligi katta. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar mamlakatda YalMni yatatishda, aholi bandligini oshirishda, xorijiy mamlakatlardan yangi texnika-texnologiyani jalb etishda, import mahsulotlarini o‘rnini bosadigan eksportbob mahsulotlarni ishlab chiqarishni oshishida bevosita ishtirok etadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalardan o‘rta va uzoq muddatli foydalanish yaxshi samara beradi.
Qisqa muddat ichida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar iqtisodiy samarasining kam bo‘lishiga investitsion faoliyatni mamlakatdagi bozor muhitiga moslashish jarayonini, ishlab chiqarilgan mahsulotning bozordan o‘rin olishi, sotilishi, ijtimoiy muhit, aholi daromadlari va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro portfel investitsiyalar qisqa muddatli yuqori foyda olishni maqsad qiladi. Bunda investorning qimmatli qog‘ozlar portfeli shakllantiriladi va investor uni boshqarish ya'ni portfelning foydasini maksimallashtirish hamda ushbu portfelning risk darajasini kamaytirish orqali o‘ziga maksimal foydani ta’minlaydi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ham ikki xil ko'rinishda: o‘rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo‘yilmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalini qisqa muddatli tashkillashtirish afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalining shartlari o‘zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun, mamlakatda iqtisodiy muhit o‘zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatda tashkillashtirishni afzal qilib ko‘rsatadi. Oxirgi o‘n yillikda xalqaro kapital harakati tarkibida jiddiy o‘zgarish yuz berdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar miqdori o‘sdi, undanda jadalroq sur'atda portfel investitsiyalar miqdori o‘sdi. Kapitalni ssuda shaklida chiqarish miqdori 2004-yildan boshlab portfel investitsiyalar hajmidan ortib ketdi. 2008-yilda sodir bo‘lgan inqirozning salbiy ta'siridan ko‘proq xalqaro ssuda kapitallar bozori (boshqa investitsiyalar) aziyat chekdi. Jahonda to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalardan ko‘ra, ssuda kapitali miqdorining ko‘payishiga asosiy sabab xalqaro moliya bozorda arzon kreditlarga asoslanuvchi transmilliy jarayonlarning bo‘lishidir. Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlalandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro kapitallarga bo‘lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir. Xalqaro moliya bozori xalqaro valuta, kredit (depozit), investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, sug‘urta, oltin va hosila moliyaviy vositalar kabi segmentlaridan tashkil topadi. Xalqaro moliya bozori orqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bilvosita (kredit (depozit) bozori) va bevosita (qimmatli qog‘ozlar) moliyalashtirilishi mumkin. Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog‘lik rivojlanganligini o‘zida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta'minlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar erkin konvertatsiya qilinadigan valutalarda nominal narxi o‘rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro anderrayterlar orqali ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud. Chet el obligatsiyalari va yevroobligatsiyalar ko‘rinishidagi qarz qimmatli qog‘ozlari xalqaro qimmatli qog‘ozlarning asosiy shakllaridan biridir. Shuningdek, ularning global aksiyalar ko‘rinishidagi xalqaro aksiyalar va amerika depozitar tilxatlari (aksiyalari) kabi shakllaridan ham amaliyotda foydalaniladi. Agar xalqaro qimmatli qog‘ozlar bir mamlakat jehidagi ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ular mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek, xalqaro qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar o‘rtasidagi kapitalni qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo‘ladi.

Download 113.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling