Denov tadbirkorlik va
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA IQTISODIY TA’LIMNING AHAMIYATI
Download 449.96 Kb.
|
BOBONIYOZOVA FAZILAT KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1996-yil 17-avgustda "Ozbekiston Respublikasida uzluksiz iqtisodiy talim-tarbiva konsepsiyasi" qabul qilindi. Mazkur konsepsiyani amalga oshirishda esa quyidagi sakkiz bosqichga asoslanildi
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA IQTISODIY TA’LIMNING AHAMIYATI.
Barkamol avlodni tarbiyalashda iqtisodiy ta’limning ahamiyati………………. Iqtisodiy ong, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy rag‘batlantirish tushunchalarni o’rgatish………………………………. Bolalar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirish………………………………………………………………… XULOSA: FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH: Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo'lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o'ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma'rifatga, madaniyatga mansub bo'lgan yurtlarning donishmandlari - eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O'zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimiz-ning o'z o'rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qi-lingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o'z tariximizdan juda ko'p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g'oyani yodga oling. Unga ko'ra jamiyatning har bir fuqarosi- mansabi, tutgan o'rni, ya'ni kim bo'lishidan qat'iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o'z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o'z kasbining ustasi, lozim bo'lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo'ladi. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi har bir sohani qamrab olgani sin-gari maktabgacha ta'lim muassasalarini ham qamrab olib, ularning iqtisodiy ahvolini qiyin sharoitga solib qo'ydi. Iqtisodiyotdan xabari bor, tadbirkorlik qobiliyatiga ega, tashabbuskor va uddaburon bog'cha mudi-ralarigabu holat unchalik sezilmadi. Xo'sh, iqtisodiyot nima o'zi? Uning bog'chalarga ta'siri nimada? Kishilar yashashlari, siyosat, san'at, adabi-yot, fan, ma'rifat, madaniyat, ta'lim bilan shug'ullanishlari uchun hayotiy ne'matlarni iste'mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o'zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya'ni hayotiy ehtiyojlari - kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro'zg'or buyumlari, bilim olish kabi ehtiyojtar uchun zarur bo'lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak, degan muammolarga duch keladi. Iqtisod qilish, tejashga odatlangan odamlar saodat va tinchlik bilan umr kechiradilar. Iqtisodiyot kishilik munosabatlarining muhim va ajralmas qismi bo' lib, uni samarali tashkil etish tabiiy ehtiyojlar (yeyish-ichish, kiyinish, yashash va hokazolar)ni qondirishga xizmat qilibgina qolmay, shaxsning ma'naviy jihatdan kamolotga erishishida ham alohida ahamiyatga ega. Shu bois turli ijtimoiy tuzumlar davrida ham ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil etish, takomillashtirish, ilm-fan, texnika hamda texnologiya sohalarida qo'lga kiritilayotgan yutuqlardan foydalanish masalalariga jiddiy e'tibor qaratib kelingan. Iqtisodiyot yetakchi yo'nalishlardan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi bois barcha davrlarda ham har qanday davlat siyosatining asosini tashkil etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: "Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkor va tashkilotchisidir. Bunday yangicha yondashish atbatta pedagogika fanining keyingi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Endi pedagogika fani faqat ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy, uslubik-amaliy ta'minlovchi emas, komjl insonning shakllanishi, rivojlanishini ta'minlovchi keng sohalarni o'z ichiga ola boshladi. Endilikda pedagogika fani o'z oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalarini qo'ydi. Shuning uchun ham yangi ta'lim konsepsiyasi qabul qilindi va unda keyingi rivojlantirishlarning barcha yo'nalishlari qayta ko'rib chiqildi. Ko'p yillar davomida pedagogika siyosatga xizmat qilib kelgan va unda ma'lum chegaralanishlarga amal qilishga majbur bo'lgan bo'lsa, endilikda u siyosatdan xoli bo'lgan holda erkin fan sifatida o'z rivojlanishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ldi. O'zbek pedagogikasi o'z milliy xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ldi". Iqtisodiyot haqida bilimga ega, tadbirkorlik qobiliyati bor maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilari tarbiyalanuvchilarga ehtiyojlar, pulning pay do bo'lishi, iqtisod, oila iqtisodi, bog'cha iqtisodi, pul, bo-zor, mahsulot, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, savdodagi halollik kabi tushunchalarni oddiy tilda soddalashtirib o'rgatib boradilar. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida yangicha moddiy va iqtisodiy fa-rovonlik haqidagi tuyg'ularni tarbiyalashga ahamiyat berish, ezgu maq-sadga erishish malakalarini vujudga keltirish va takomillashtirish, halollik va fidoyilik odobini tarbiyalash masalalari bugungi kunda pedagogika fani oldida turgan masaladir. Zardushtiylik g'oyalariga ko'ra, iqtisod tabiat va uning ne'matlariga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lish, ularni asrab-avaylash hamda ko'-paytirish to'g'risida qayg'urishdan iboratdir. Bu g'oyalar keyinchalik is-lom dinining muqaddas manbalari Quroni Karim va Hadisi sharifda ham yanada rivojlantiriladi hamda shaxs faoliyatining iqtisodga ta'siri nuqtayi nazaridan aniq baholashga e'tibor qaratiladi. Ya'ni, bu manbalarda mavjud moddiy va ma'naviy ashyolarni asrash, boyitish yo'lida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar savob, ularni isrof qilish, nobud etish gunoh deya baholangan. O'z asarlarini islomiy g'oyalar negizida yaratgan Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat hamda Abdulla Avloniylar shaxsning yaratuvchanlik faoliyati, dehqonchilik va hunarmandchilik, oila xo'jaligini tash-kil etish to'g'risidagi qarashlarni ilgari surganlar. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ishlab chiqarish haqida tushuncha berishda allomalar fikrlari, o'gitlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino tibbiyot bilan bir qatorda iqtisodiyot bilan ham shug'ullanganligi uning quyidagi fikrlarida o'z aksini topgan: "hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon ta'biat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga oziq-ovqat, kiyim-kechak, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak». Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida iqtisodiy bilim va tarbiyani, resurslarning cheklanganligi, tabiat ne'matlarining tugab qolishi, inson ehtiyojlarining esa cheksizligi haqidagi ma'lumotlarni yoshligidanoq singdirib borish ularni tejamkorlikka, moddiy va ma'naviy boyliklarni asrab-avaylash ko'nikmalarining shakllanishiga olib keladi. O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy madaniyatni yuksaltirish davlat-ning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan asosiy o'zgarishlar amalga oshirilib, bozor madaniyatini shakllantirish uchun jiddiy asos yaratildi. Iqtisodiy madaniyat rivojining asosiy omillaridan biri bo'lgan xo'jalik yuritish erkinligining asosi ta'minlandi. O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida mamlakat iqtisodiy otining bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo'nal-tirilganligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi va ularning bab-baravar muhofaza etilishi, xususiy mulk^ing ham davlat muhofaza-siga olinganligi belgilab berildi. Iqtisodif faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi uchun keng yo'l ochildi. Aholining iqtisodiy bilim saviyasi va malakasini, iqtisodiy fikrlash qobiliyatini kengaytirish, mehnatga bo'lgan ijodiy yondashuvini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik faoliyatidagi ishtirokini faollashtirishga asosiy e'tibor qaratilib, ularni amalga os-hirish uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda. Kattalarga hurmat ila munosabatda bo‘lish tarixga bo‘lgan hurmat, ehtiromning bir qirrasidir. Unut bo‘lgan tariximiz-ni tiklash, payhon bo‘lgan zaminimizni poklash, kelajak avlodga ajdodlarimizdan qolgan merosimizni eson-omon yetka-zish — har bir insonning, vatanparvar, xalqparvar, tarixpar-var insonlarning ham qarz, ham farzidir. Vatan tuyg‘usi kichkina odam ko‘z o‘ngida ko‘rayotgan narsa-dan qoyil qolishidan, uni hayratlantiradigan va qalbida aks-sado beradigan narsalardan boshlanadi. Kattalarning vazifasi-bola oladigan ko‘plab taassurotlardan unga eng tushunarli bo‘lganlarini: eng yaqin kishilari, jonajon o‘lka tabiati va hayvonot dunyosi, kishilarning xalq farovonligi, vatanning gullab-yashnashi yo‘lidagi mehnati, o‘r-toqlik, o‘zaro yordam va boshqalarni tanlab berishdan iboratdir. Xo‘sh, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchasiga nima ko‘proq mos keladi va nima uni qiziqtirishi va hayajonlantirishi mumkin? Dastavval, bu u tug‘ilgan va yashayotgan joylardir. Jonajon ona tabiat vatanga muhabbatni tarbiyalashning kuchli omillaridan hisoblanadi. Uning go‘zalligi bilan zavqlanish, tabiat dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishdan, inson mehnatining tabiatdagi o‘zgartiruvchilik rolini tushunishigacha — bularning hammasi jonajon o‘lkaga muhabbatni shakl-lantirishning manbalaridir. Bolalikda jonajon tabiat haqida hosil qilingan yorqin taassurotlar inson xotirasida bir umrga saqlanib qoladi, chunki uning obrazlarida vatan o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Odam vatanga bo‘lgan muhabbatini o‘zi tug‘ilgan va o‘sgan oilasi, bolalar bog‘chasi va maktabi, bolalar bilan o‘ynagan o‘yinlari va joylari bilan bog‘laydi. Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik hissi bilan uyg‘unlashib ketadi.Vatanga muhabbat hissi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraq-qiyotini va ular tafakkurining aniq va obrazliligini e’ti-borga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda vatanga muhabbat hissini ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tarbiyachilar bolalarda o‘z oilasiga, uyiga, bolalar bog‘chasiga va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofga mehr-muhabbatni va ularga sodiq bo‘lishni tarbiyalayotib, eng muhim ijtimoiy his bo‘lgan vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi. Maktabgacha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi voqea, hodisalarning faqat tashqi belgilarini anglab oladilar. Ular Hayit, Navro‘z bayramini hamma kishilar shodiyonalik, bilan kutib olishlarini ko‘radilar, bundan juda zavqlana-dilar, ammo buning saboblari, natijalari bilan qiziqmaydilar.Masalan: Mehnat kilsang, ko‘ksing tog‘, Hurmat qilsang, diling bog‘. Mehnatli non — shakar, Mehnatsiz non — zahar. Mehnat baxt keltirar. Mehnat qilib topganing, Qandu asal totganing. Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug‘laydi uning samarasi haqida fikr yuritadi.O‘zbek bolalar yozuvchi va shoirlari ham kattalar mehnatning mazmunini yoritib berganlar. Yuqorida aytganlarimizdan ko‘rinib turibdiki, mehnat har qanday moddiy va ma’naviy boyliklarning asosiy manbal shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol toptirishnin; muhim vositasidir. Mehnat jarayonida insoniy hislatlarnin faol namoyon bo‘lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi v. har bir kishida ma’naviy qoniqish hosil qiladi. Har bir bola maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab mehnatga ishtirok etishi zarur. Bolalar bog‘chasida, oilada bajariladigan uncha murakkab bo‘lmagan har bir topshiriq o‘king kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushunib yetishl uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o‘zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatyash yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti, deylik. Qurilish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko‘tarma kran bilan tushiriladi. Keyin bolalar g‘isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo‘yoqchilar mehnatini kuzatadilar. Bolalarning qurilish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha tasavvur va tushunchalari, ularning ko‘zi oldida ajoyib bino bunyod etgan kishilar mehnatining go‘zalligi namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarga jonajon shahar, qishloqdagi eng chi-royli ko‘chalarni, maydonlarni, binolarni, bog‘larni ko‘rsatadi. Ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlarning nomi shahar yoki qishloqning tarjimai holini, xalqning o‘tmishini anglati-shini tushuntiradi. Bu nomlar buyuk olimlar, sarkardalar, yozuvchilar, xalq z’zozlagan boshqa kishilar sharafiga qo‘yilganini tushuntiradi. Pedagog kichik guruhdan boshlab bolalarda jonajon o‘lka tabiatiga muhabbat uyg‘otishi, uning go‘zalligini his etish qobiliyatini tarbiyalashi, uning boyliklarini saqlash va ko‘paytirish istagini uyg‘otib borishi lozim. Buning uchun u bolalar bilan bog‘larga, polizga, issiqxonalarga, paxta dala-siga, gulzorga, daryoga, pillaxonalarga, tovuqxona, fermalarga sayr-ekskursiyalar uyushtiradi. U o‘zbek va boshqa millat yozuvchi-shoirlarining tabiat haqidagi she’r va qo‘shiqlaridan, buyuk rassomlarning rasmlaridan foydalanadi. Tarbiyachi bolalarni jumhuriyatimizning boshqa nohiya va qishloqlari, shaharlari, undagi ijtimoiy hayot bilan tanishtiradi. Bolalar kitob, hikoya, kinofilmlardan bepoyon vatanimiz xalqlari, ularning hayoti va mehnati, o‘lkamiz boyliklari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar. Tarbiyachi «Vatan», «Bizning shahar», «O‘zbekistonning poytaxti- Toshkent», «Qishlog‘imizning eng yaxshi kishilari», «Shahrimizning eng yaxshi kishilari» va shunga o‘xshash mavzu-lar bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli albomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanadi. 1996-yil 17-avgustda "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz iqtisodiy ta'lim-tarbiva konsepsiyasi" qabul qilindi. Mazkur konsepsiyani amalga oshirishda esa quyidagi sakkiz bosqichga asoslanildi: / bosqich. Oila. Maktabdan tashqari ta'lim (Har bir bosqich uchun tayyorlangan ishlanmalar). // bosqich. Maktabgacha ta'lim-tarbiya (Iqtisodga yo'naltirilgan o'yin mashg'ulot). Download 449.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling