Depodagi yo‘lovchi lokomotivlariga txk va ta’mirlash siklogrammasini qurish va lokomotivlarni ta’mirlash dasturini hisoblash
Download 65.57 Kb.
|
atrabotka
Depodagi yo‘lovchi lokomotivlariga TXK va ta’mirlash siklogrammasini qurish va lokomotivlarni ta’mirlash dasturini hisoblash Lokomotivlarni soz xolda ushlab turish, ularning barqaror ishlashi va ularning ekspluatatsiyadagi ishonchligini oshirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasini raisining 09.09.2009 yildagi № 341-N buyrug‘i bilan elektrovoz va teplovozlarga quyidagi rejali texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning turlari belgilangan. Texnik xizmat ko‘rsatish TX-1, TXK-2, TXK-3 lar lokomotivlarda hosil bo‘ladigan nosozliklarning oldini olish va lokomotivlarni ishga yaroqli va sanitariya – gigieni xolatinini ushlab turish ularning uzluksiz ishlashini va havfsiz xarakatlanishini ta’minlash, shuningdek yo‘lovchilarning yuqori darajada yurishlarini ta’minlash uchun. Texnik xizmat ko‘rsatish TXK-4 harakatlanish havfsizligiga javob beradigan, g‘ildirak juftligi bandajining eyilishi miqdori (prokat) optimal bo‘lishini ta’minlash maqsadida g‘ildirak juftligini lokomotiv tagidan chiqarib olmasdan yo‘nish uchun. Joriy ta’mirlash JT-1, JT-2 –lokomotivlarning asosiy ekspliatatsion tavsifnomalarini va ishga yaroqligini mos ravishdagi ta’mirlararo davrda tiklash uchun detallarni ta’mirlab, taftishlab ayrim detal uzellar va agregatlarni almashtirib sozlab va sinib, shuning qisman moderinizatsiyalash uchun. Joriy ta’mir JT-1r – lokomotivlarning asosiy ekspluatatsion tavsiflarini va ishga yaroqligini tavtishlash, ta’mirlash va ay detallarni, uzellarni va agregatlarni almashtirib shuningdek kuzovni ko‘tarib rama va aravacha ramasidagi darzlar borligini nazorat qilish va ularni yo‘qotish, elektrovoz kuzovidaga darzlarni yo‘qotish, ayrim yoyilgan uzel va detallarni yo‘qotish, ayrim yoyilgan uzel va datallarni almashtirish, ularni moderinzatsiyalash uchun. Joriy ta’mir- JT-4 elektrovozlarning eksplutatsion tavsifnomalariniyoyilgan uzel va detallarni ta’mirlash va almashtirish va ularni moderinizatsiyalash yo‘li bilan tiklanadi. Joriy ta’mirning qo‘shichcha turi JT-1r va TXK-4 ning kiritilish, va ta’mirlar aro davrlarning o‘zgarish munosabati bilan elektr xarakatdagi tartibga joriy ta’mir JT-2 bakor qilindi. Kapital ta’mir KT-1 lokomotivlarning tavsiflarni, sozligini va ta’mirlararo resursni (xizmatmuddatini) tiklash uchun uzel va detallarni almashtirib, yoyilgan va shikastlangan detal va uzellarni ta’mirlab va ularni modernizatsiyalab amalga oshiriladi. Kapital ta’mir KT-2 – lokomotivlarning tavsifnomasi, sozligini to‘liq ta’mirlararo resursini (xizmat-muddatini), shuningdek barcha detal, uzel vaagregatlarni shu jumladan bazoviy detallarni xam modernizatsiya qilib, motoresursini ishlab bo‘lgan jixozlarni kabellarni va simlarni engisiga almashtirib (belgilangan ro‘yxatbo‘yicha) tiklanidi. TXK-1 lokomotiv brigadasi tomonidan namunaviy nizom va yo‘riqnomalar asosida ishlagan, lokomotivlarni eksplutatsiya qilish. Boshqarmasining boshlig‘i tasdiqlagan ishlar ro‘yxatiga mos ravishda bajariladi. Poezd lokomotivlariga texnik xizmat ko‘rsatish TXK-2 yuqori malakali chilangirlar bilan komplektlangan, zarur bo‘lgan jixozlar asboblar bilan jixozlangan va detal materiallarning texnilogik zaxirasi bilan ta’minlangan texnik xizmat ko‘rsatish punktlarida bajariladi. Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatishlar TXK-3, TXK-4, joriy ta’mirlar JT-1, JT-1r, JT-3 va JT-4 ro‘yxatda turadigan depoda kompleks va ixtisoslashgan brigadalar tomonidan bajariladi. Agar ro‘yxatda turadigan depoda zarur bo‘lgan ta’mir bazasi bo‘lmasa teplovozlar va elektrovozlarga joriy ta’mir JT-3 yo‘lning boshqa (ixtisoslashgan) depolarida bajariladi. O‘zbekiston Respublikasining teplovozlari uchun-Qo‘qon-Andijon va O‘zbekiston depolarida va UK “Uztemiryo‘lmashta’mir” korxonalarida bajariladi. Kapital ta’mirlar KT-1 vaKT-2 ixtisoslashgan lokomotiv ta’mirlash korxonalarada bajariladi. O‘zbekiston Respublikasining lokomotivlari uchun UK “Uztemiryo‘lmashta’mir” korxonasida bajariladi. Teplovoz va elektrovozlarning bosib o‘tadigan yo‘llarining va texnik xizmatlar TXK-2, TXK-3, joriy va kapital ta’mirlar orasida ishlashining davomiyligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning depolari uchun 09.09.2009 da № 341-N buyruq bilan belgilangan me’yorlar jadval 1 da keltirilgan. Elektrovoz va teplovozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash davomiyligining me’yorlari 25.07.2003 dagi №262N ,buyruq bo‘yicha belgilangan bo‘lib u jadval 2 da keltirilgan. Talaba topshiriq bo‘yicha berilgan lokomotiv namunasi bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash siklogrammasini ko‘rishi kerak (o‘tkazilish ketma ketligi) O‘ng‘ay bo‘lishi uchun TXK-2 dan JT-1 gacha aloxida va JT-1 dan KT-2 gacha siklogramma qurish tavsiya etiladi. 1-jadval Teplovozlar, elektrovozlar va elektropoezdlarining bosib o‘tiladigan yo‘l va TX ko‘rsatishlar, joriy va kapital ta’mirlar orasida ishlashi davomiyligining “O‘zTY” AJ ning lokomotiv depolari bo‘yicha me’yori
Izoh: Lokomotivlarga JT-4 lokomotivlarni eksplutatsiya qilish boshqarmasining boshlig‘i tasdiqlangan rejaga muvofiq o‘tkaziladi. Elektrovozlarga TXK-3 davriligi bo‘yicha uzoq muddat to‘xtab turgandan so‘ng o‘tkaziladi. 2-jadval Teplovozlar, elektrovozlar va elektropoezdlarining bosib o‘tiladigan yo‘l va texnik xizmat ko‘rsatishlar, joriy va kapital ta’mirlar orasida ishlashi davomiyligining “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKT ning lokomotiv depolari bo‘yicha me’yori
Siklogramma qurishda quyidagi shartli belgilardan foydalanish tavsiya etiladi: ● - TXK-3 □ – JT-3 ◘.- KT- 2 ∆ - JT-1 ○ – KT-1 Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling