Suitsidal xulq – atvor toifalari
Namoyishkorona axloq – o’ziga, o’zining muammolariga e’tibor qaratish, yordam so’rash – atrofdagilarni qo’rqitish, ularning nohaq ekanliklarini anglatish.
Usullari: venani kesish, zaharli bo’lmagan dorilar qabul qilish, o’zini osishni namoyish qilish.
Affektiv axloq – yorqin emotsiyalar ta’siri ostida impulsiv tarzda, hech qanday rejasiz suitsidal harakat amalga oshirilishi mumkin.
Usullari: o’zini osishiga harakat qilish, zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni qo’llash.
Haqiqiy suitsidal axloq – harakatning o’ylangan rejasi bilan farqlanadi. Unga tayyorgarlik ko’riladi. Yaqinlariga o’z harakatlari sabablarini tushuntiruvchi xat qoldiradilar.
Usullari: o’zini osishi yoki balandlikdan tashlash.
Depressiya darajasini aniqlash metodikasi
Suitsidal xulq – atvorni belgilarini aniqlovchi diagnostik ishlar alohida e’tiborni talab etadi. Chunki, ba’zi o’smirlarda kuchli inqirozli vaziyatlarda sub’ektiv kechinmalarni uchratmasligimiz mumkin. Bu esa depressiya va suitsidal xulq – atvor diagnostikasini qiynlashtiradi. Ulardagi depressiv holatlarni tushunish uchun o’smir shaxsi shakllanayotgan atrof – muhit katta ahamiyatga egadir. U o’smirning hayotni idrok qilishi xarakteriga, qadriyatlar tizimi va shaxsiy dunyoqarashiga ta’sir etadi.
V.A. Jmurov tomonidan ishlab chiqilgan ushbu metodika depressiya darajasini aniqlab berishga yordam beradi. U ushbu vaqtdagi depressiyaning og’ir holatini yoki engil formasini aniqlashga yordam beradi. Har bir guruh savolini o’qib chiqing o’zingizga mos variantini tanlang 0,1,2 yoki 3 va uni belgilab qo’ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |