Deputatining va sena
Download 241.75 Kb. Pdf ko'rish
|
O
9
1 -modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish Qonunchilik palatasining Kengashi deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora- tadbirlar ko‘radi. Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin siyosiy partiya fraksiyasi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi. Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun siyosiy partiyalar fraksiyalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi. Siyosiy partiyalar fraksiyalari deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi zarur bo‘lgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 9 2 -modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘maklashish Mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatni saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun o‘z mas’ul vakillarini deputatning taklifiga ko‘ra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora- tadbirlar ko‘radi. 9 3 - modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazish deputatlar tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi Qonuni . (9 1 , 9 2 va 9 3 - moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 241.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling