Deputatining va sena
- modda. Deputat va senator so‘rovi
Download 241.75 Kb. Pdf ko'rish
|
O
10-
modda. Deputat va senator so‘rovi Oldingi tahrirga qarang. Deputat davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududl arning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli. (10- moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10- avgustdagi O‘RQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat, senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi. Deputat yoki senator so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. (10- moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10- avgustdagi O‘RQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat, senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas. (10- moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14- sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Download 241.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling