Deputatining va sena


Download 241.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana30.03.2023
Hajmi241.75 Kb.
#1309255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O

17-modda. Deputatni 
va senatorni harbiy yig‘inlardan ozod qilish 
Deputat, senator o‘z vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy 
yig‘inlardan ozod qilinadi. 
18-modda. Deputat va senator faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika 
ta’minoti 
Qonunchilik palatasi devoni, Senat devoni tegishincha deputatni, senatorni 
hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlaydi, shuningdek deputatlik, 
senatorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini 
uyushtiradi. 
Deputatga, senat
orga texnik vositalar, aloqa vositalari va ma’lumotlar bazalaridan 
foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Deputatga, senatorga deputatlik, senator
lik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar uchun 
har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i solinmaydigan mablag‘ to‘lanadi. 
(18-
moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 
19-modda. Deputatga va senatorga xizmat xonasi berish 
Deputatga, senatorga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining 
binosida idora mebeli, zaruriy texnika vositalari va devonxona ashyolari bilan jihozlangan 
alohida xizmat xonasi (yoki xizmat xonasida ish joyi) beriladi. 
20-modda. Deputatning va senatorning transportda tekin yurish huquqi 
Deputat, senator O‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo‘l, avtomobil 
yo‘lovchilar transportida (taksi va shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) tekin 
yurish huquqidan foydalanadi. 
D
eputat, senator aeroportlar va aerovokzallar, temir yo‘l vokzallari hamda 
stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan zallaridan tekin 
foydalanish huquqiga ega. 
Deputat, senator o‘z guvohnomasini ko‘rsatganidan keyin temir yo‘l vokzallari va 
stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar 
unga poyezdning yotoqli yoki yumshoq o‘rindiqli vagonidan, samolyot salonidan 
navbatsiz joy berishlari shart. Deputat, senator palataning majlisiga borayotganda unga 


samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa, kamida bir sutka 
oldin beriladi. 
Chiptasida o‘rindiqning tartib raqami ham ko‘rsatiladigan shaharlararo; 
shuningdek shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda deputat, senator avtovokzallar va 
avtostansiyalarning kassalaridan navbatsiz olinadigan tekin chipta bilan yuradi. Qolgan 
barcha hollarda deputatning, senatorning yo‘lovchilar transportida yurishi (taksi va shahar 
yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) deputatning, senatorning guvohnomasi bo‘yicha 
amalga oshiriladi. 
Deputat, senator har bir transport turida amalda bo‘lgan normalarga mos qo‘l 
yukini tekin olib yurish huquqiga ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi. 
(20-moddaning oltinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son) 

Download 241.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling