Destination-a1-tarjimalari pdf


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana08.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1756229
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
Destination A1 tarjimalari

Word formation
 Admire - qoyil qolmoq, hurmat qilmoq
I really admire her courage. – Men uning jasoratiga qoyil qolaman.
 Admiration - qoyil qolish, hurmat, havas
I have a lot of admiration for people who help others. It's a great thing to do. – Boshqalarga 
yordam beruvchi odamlarga nisbatan juda hurmatim baland. Bu juda yaxshi ish.
 Appear - ko'rinmoq
Her dead mother appeared to her in a dream. – Uning vafot etgan onasi tushida unga ko'rindi.
 Appearance - tashqi ko'rinish
Your appearance is important if you want someone to give you a job. – Agar kimdir sizga ish 
berishini istasangiz, sizning tashqi ko'rinishingiz muhim.
 Care - parvarish, qarash, ehtiyot qilish
Some people were badly injured and needed medical care. – Ba'zi odamlar og'ir jarohatlangandi 
va tibbiy parvarishga muhtoj edi.
 Care - qayg'urmoq
50 @destination_vocabulary


I care what you do! – Siz nima qilishingiz to'g'risida men qayg'uraman! (= Siz nima 
qilayotganingiz menga qiziq!)
 Caring - g'amxo'r, mehribon
Mum's a very caring person. – Oyim juda g'amxo'r insonlar.
 Careful - ehtiyotkor, e'tiborli, diqqatli
Be careful when you walk near the road. – Mashina yo'li yaqinida yurganda ehtiyotkor bo'ling.
 Careless - bee'tibor, beparvo
Don't be careless at work. – Ishda bee'tibor bo'lmang.
 Carefully - ehtiyotkorlik bilan
Hold that knife carefully. Don't cut your hand. – Pichoqni ehtiyotkorlik bilan ushlang. Qo'lingizni 
kesib olmang.
 Carelessly - bee'tiborlik bilan, beparvolik bilan
I was playing carelessly and I broke the window. – Men ehtiyotsizlik bilan o'ynayotgandim va 
derazani sindirib qo'ydim.
 Friend - do'st, o'rtoq
We met at school and became lifelong friends. – Biz maktabda uchrashib qolganmiz va bir umrlik
do'stlarga aylanganmiz.
 Friendship - do'stlik (rishtasi)
My friendship with Lydia is very important to me. – Lidia bilan do'stligimiz menga juda muhim.
 Friendly - do'stona, xushmuomala
If you are friendly to dogs, they won't hurt you. – Agar siz kuchuklarga xushmuomala bo'lsangiz, 
ular sizga ozor yetkazmaydi.
 Unfriendly - do'stona bo'lmagan, qo'pol
Lola was very unfriendly. She told me to leave! – Lola juda qo'pol bo'ldi. U mendan ketishimni 
so'radi!
 Kind - mehribon
He's a kind and generous man. – U mehribon va saxiy inson.
 Unkind - qo'pol, qo'rs, qahri qattiq
You were unkind to your aunt. You have to apologise. – Siz xolangizga qo'pol munosabatda 
bo'ldingiz. Kechirim so'rashingizga to'g'ri keladi.
 Kindness - mehribonchilik, iltifot
She bought me some flowers to thank me for my kindness. – U mehribonchiligim uchun menga 
tashakkur bildirish maqsadida menga gullar sotib olib berdi.
 Kindly - mehribonlik bilan, iltifot bilan, marhamat bilan
She very kindly invited me to lunch. – U iltifot bilan meni tushlikka taklif qildi.
 Laugh - kulmoq
When I heard her excuse, I just laughed. – Uning bahonasini eshitganimda, men shunchaki kulib 
yubordim.
 Laughter - kulgi, kulish (ovozi)
I could hear laughter so I knew the children were happy. – Menga uning kulgisi eshitilardi, 
shundan bildimki bolalar xursand edi.
 Person - shaxs, odam
51 @destination_vocabulary


He's a fascinating person. – U ajoyib odam.
 Personality - shaxsiyat
I think she has a great personality. – O'ylashimcha u ajoyib shaxsiyatga ega.
 Polite - muloyim
Please be polite to our guests. – Iltimos, mehmonlarimizga muloyim bo'ling.
 Impolite - nomuloyim, qo'pol
If you don't speak, people will think you are being impolite. – Agar gapirmasangiz, odamlar sizni 
qo'pol bo'lyapti deb o'ylaydi.
 Politely - muloyimlik bilan
The receptionist smiled politely. – Qabulxona xodimi muloyimlik bilan jilmaydi.
 Prefer - afzal ko'rmoq
I prefer biology to geography. – Men geografiyadan ko'ra biologiyani afzal ko'raman.
 Preference - afzallik, ko'proq yoqtirish
We can eat Indian or Chinese food tonight. Do you have a preference? – Bugun oqshomda Hind 
yoki Xitoy taomi yeyishimiz mumkin. Sizning afzalligingiz bormi? (= Qaysi birini ko'proq 
yoqtirasiz?)
 Rely - ishonmoq, suyanmoq, tayanmoq
You can rely on me to keep your secret. – Siringizni saqlashga menga ishonishingiz mumkin.
 Reliable - ishonsa bo'ladigan, ishonchli
He was a very reliable and honest man. He would never betray anyone. – U juda ishonchli va 
insofli odam edi. U hech qachon hech kimga xiyonat qilmagan bo'lardi.
 Unreliable - ishonib bo'lmaydigan, ishonchsiz
Logan's really unreliable. He says things and then he doesn't do them. – Logen juda ham 
ishonchsiz. U narsalarni aytadi va keyin ularni qilmaydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling