Detallar konstruksiyalarini chizish o`lchamlari va texnik talablarni o`rnatish reja


Download 70.68 Kb.
bet2/2
Sana01.11.2023
Hajmi70.68 Kb.
#1737452
1   2
Bog'liq
DETALLAR KONSTRUKSIYALARINI CHIZISH O`LCHAMLARI VA TEXNIK TALABLARNI O`RNATISH

a) qayta ishlanuvchi chо‘yan. Bu chо‘yanlarda uglerod temir bilan asosan temir karbidi (Fe3 S) tarzida bо‘ladi. Shuning uchun bu chо‘yanlar juda qattiq va murt bо‘ladi. Metallurgiya korxonalarida bu chо‘yanlarni qayta ishlab, ulardan pо‘latlar olinadi.
b) quymakorlik (kul rang) chо‘yani. Bu chо‘yanlarning tarkibida uglerodning kо‘p qismi erkin holda, ya’ni grafit tar­zida buladi. CHо‘yanlar strukturalarining metall asosiga kо‘ra, perlitli, ferritli, ferrit-perlitli, perlit - ferritli turlarga ajratiladi. Bu chо‘yanlarning (GOST 1412-79) bо‘yicha quyidagi markalarini keltiramiz: SCH10, SCH15, SCH18, SCH20, SCH21, SCH24, SCH25, SCHZ0, SCH35, SCH40, SCH45. Masalan, SCH12 ferrit- perlntli, SCH15 perlit- ferritli va SCHZ0, SCH35 la­ri perlitli strukturaga ega bо‘ladi.
Bu chо‘yanlarning markalaridagi SCH harflari kul rang chо‘yanligini, undan keyingi raqam esa chо‘yanning chо‘zilishga bо‘lgan minimal mustahkamligini bildiradi.
v)juda puxta chо‘yanlar. Quymakorlik chо‘yanlarining puxtaligi va plastikligini oshirish uchun ularni qolipga quyishdan avval
unga ozgina modifikatorlar (masalan, magniy yoki uning qotishmasi
(20% Mg - 80% Ni) qо‘shiladi. Modifikatorlarning suyuq metallda
erimaydiganlari qо‘shimcha kristallanish markazlari hosil qilsa, eriydiganlari usayotgan kristallar sirtini yupqa parda bilan qoplab,
о‘sishga qarshilik kо‘rsatib uglerodning sharsimon grafitga aylanishiga olib keladi. Bu grafit kichik yuzali bо‘lib, metall asosining puxtaligiga plastinkali grafitga nisbatan kamroq putur yetkazadi. Shu sababli bu chо‘yanlarning mexanik xossalari yuqori bо‘ladi.
Masalan, oddiy kul rang chо‘yanlarning nisbiy uzayishi 0,2-0,5%
bо‘lsa, juda puxta chо‘yanlarniki 2-17% bо‘ladi. Shuningdek, zarbiy
qovushoqligi 0,2 - 0,5 dan 2 - 6 gacha ortadi. Bu chо‘yanlar yaxshi quyilib, oson kesib ishlanadi.
Legirlangan chо‘yanlar. Agar oddiy chо‘yanlar tarkibiga Ni, Mo, Sg, Si, W, V, A1, Ti va boshqa elementlar kiritilgan bо‘lsa, bunday chо‘yanlar legirlangan. chо‘yanlar deyiladi. Ularning markalari ACHS-1, ACHS – 3.
Download 70.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling