Detallarni kesishda sovutish-moylash suyuqligini samaradorligini oshirish usullari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
detallarni-kesishda-sovutish-moylash-suyuqligini-samaradorligini-oshirish-usullari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 98 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz taranglik kuchiga bog‘liq. Sovutish-moylash suyuqliklarining kesuvchanlik xususiyatlari deganda ishlov berilayotgan metallning yupqa yuza qatlamini suyuqlik muhiti ta’sirida mustaxkamligi pasayishi(yumshashi) tushuniladi. Ishlov berilayotgan materialning yuza energiyasining pasayishi xisobiga uning oquvchanlik chegarasi, siljishlarga qarshiligi va kesish kuchi kamayadi. Kontakt yuzalarning g‘adir-budurligiga ruxsat etilgan eyilish bilan kesuvchi asbobning bardoshliligini bog‘lovchi aloqa tenglamalari taklif qilingan. Komponentlarning funktsional xususiyatlariga qarab tanlab olish maqsadga muvofiq ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan, bu gidravlik suyuqliklar uchun avtomobil va aviatsiya yog‘lariga qo‘shimchalarni sintezi bilan shug‘ullanayotgan sovutish-moylash suyuqliklarini ishlab chiqishga ko‘plab mutaxasislarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Sovutish-moylash suyuqliklarini tanlash va ishlab chiqish usulublari taklif qilingan. Sovutish-moylash suyuqliklarini yog‘lash xususiyatlari natijalarini va ayrim yangi sovutish-moylash suyuqliklari tarkibiga qo‘shish uchun tanlab olingan qo‘shimchalarning miqdoriy bahosi keltirilgan. Rebinder effekti tabiatda, texnikada va ilmiy izlanishlar amaliyotida kuzatilayotgan ko‘plab hodisalar asosida yotadi. Absorbsiya xisobiga yuza energiyasi kamayadi, bu kuchlanishlar ostida bo‘lgan atomlararo bog‘lanishlarni uzishni osonlashtiradi. Bo‘linishlar zonasida yoriqlarni tarqalish sxemasiga mos ravishda YFM (yuzaki faol modda) atomi-metall atomi bog‘lamasini metal atomi YFM atomi bog‘lamasiga almashtiradi, natijada metal mustahkamligi keskin pasayadi. Ayrim YFM lar metal kristal strukturasini buzilishigacha olib boradi. YFM molekulalari kesish jarayonida hosil bo‘lgan mikro yoriqchalarga o‘rnashib oladi, misoli ponaday uni yoradi. Kesish jarayonida atomlararo bog‘lanishlarning kuchsizlanishi ishlov berilayotgan metallni deformatsiyalanishini va uzilishini osonlashtiradi. Rebinder effektining paydo bo‘lish shakli ishlov berilayotgan metallning kimyoviy tabiati, uning strukturasi, kesish shartlariga bog‘liq. Bu effekt quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: adsorbsiyalangan malham sifatida(plastik deformatsilanishni engillashtirib), absorbsiyalanib mustaxkamlikni pasayishi va qatiq tana strukturasini o‘z o‘zidan o‘zgarishi ko‘rinishida. Rebinder effekti molekulyar tabiatiga ko‘ra qattiq jisimlarga yaqin suyuqliklar qo‘llanilganda kuchliroq namoyon bo‘ladi. Shuni xisobga olish kerakki suyuqlikning komponentlari qattiq tana bilan reaksiyaga kirishadigan bo‘lsa, mustaxkamlikning absorbsion kamayishi effekti kuzatilmaydi. Muxitning (masalan, kesish jarayoni) ishtirokida mexanik kuchlanishlar ta’siri ostida paydo bo‘lishi mumkin. Mana shu Rebinder effektining qattiq tanalar mexanik xususiyatlariga ta’sir etuvchi boshqa hodisalar muxitining ta’siridan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi, jumladan, zanglash va eritma hosil bo‘lish jarayonlari-tananig CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling