Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 60 qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalari
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
DPTMS0513
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES International scientific-online conference 64 oʻtloqlari) zonalari hosil boʻlgan. Togʻ mintaqasi oʻzining qulay tabiiy geografik sharoitiga ega. Iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan salqin boʻlib, yogʻin miqdori 600- 800 mm, ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi. Yozda havoning oʻrtacha harorati 17°C dan oshmaydi. Togʻ mintaqasining oʻsimliklari 2 tipga: togʻ-dasht va togʻ oʻrmonlari (daraxt-buta) oʻsimliklariga boʻlinadi. Togʻ-dasht oʻsimliklari asosan, togʻ mintaqasining quyi qismlarida keng tarqalgan. Togʻ oʻrmonlari keng bargli oʻrmonlar zonasi mutlaq Hisor togʻlari va uning atrofidagi past togʻlar uchun xosdir. Togʻ mintaqasining kenglik va subkenglik yoʻnalishiga ega boʻlgan togʻ sistemalarida uzoqlik landshaftlarining tabaqalanishi sektorlikning taʼsirida yaqqol ifodalangan. Bunday holatda binsolyatsiya ham, sirkulyatsiya (shamol) ekspozitsiyasi muhim omil sanaladi. Demak, togʻlarda balandlik zonalligi birinchi navbatda ularning qanday geografik mintaqada va sektor doirasida joylashganligiga va bevosita togʻlarning mutlaq balandligiga bogʻliqdir. Oʻzbekiston hududining togʻ mintaqasi landshaftlari N.I.Vavilov tomonidan oʻrganilgan boʻlib, togʼ zonasiga quyidagicha taʼrif beradi. ,,Togʻ zonasi nafaqat yovvoyi oʻsimliklarning, balki, madaniy oʻsimliklarning ham kelib chiqish manbaidirʼʼdegan boʻlsa, T.P.Korovin fikriga koʻra togʻ zonasi barcha ekologik elementlar nazaridan oʻsimliklarning oʻsishi uchun eng qulay muhit zona deya taʼriflaydi. Togʻ mintaqasi landshaftlarining vertikal zonalar boʻylab joylashuv sxemalari ishlab chiqilgan. Vertikal zonalar sxemasining eng muhim kamchililaridan biri bu-togʻ mintaqasi Granikov taklifi bilan pastki va yuqori zonalarga boʻlib oʻrganilgan va togʻ mintaqasining pastki chegarasi adirlar bilan chegaradosh boʻlganligi sababli togʻlarda kirofilizatsiya jarayoni kuchli roʻy berishiga sabab boʻlgan. Yaylov balandlik mintaqasi - Qashqadaryo havzasida yaylov mintaqasi dengiz sathidan 2500 m balandlikdan yuqorida shakllangan. Yaylov balandlik mintaqasi tabiiy sharoiti xususiyatga ega. Mintaqada baland pastliklardan tortib tik qoyalargacha oʻzgarib boradigan reylef shakllari vujudga kelgan. Mintaqada relyef ekzpozitsiyasini hosil boʻlishida tabiiy komponentlar: tuproq qoplami, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, geologik shart-sharoitlariga uzviy bogʻliq holda namoyon boʻlgan. Togʻ yaylovlari mintaqasini oʻziga xos xususiyatlarining shakllanishi 1000 m dan 2400 m gacha, baland togʻ yaylovlari mintaqasi esa 4000 m balandliklarda yaqqol ifodalangan. Togʻ yaylovlarida yuqoriga koʻtarilgan sari harorat davriy oʻzgarib boradi. Masalan: eng sovuq yanvar oyining oʻrtacha harorati +5 +20 ° C, eng issiq iyul oyida esa + 15 +20° C ni tashkil etadi. Yogʻin miqdori koʻp oʻrtacha 600 - 1200 mm. Bu mintaqada tabiat komponentlari tuproq qoplamining shakllanishi bir nechta qonuniyat asosida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling