Deviant xulq ijtimoiy pedagogik muammo sifatida


Download 0.6 Mb.
Sana25.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1398600
Bog'liq
Keys topshiriqlari

Deviant xulq ijtimoiy pedagogik muammo sifatida

Mavzu yuzasidan keys topshiriqlari


Bugungi kunda jamiyatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar qator muammolarni o‘rtaga tashladi, ulardan biri deviant xulq-atvor muammosidir. Inson xulq-atvoridagi og’ishlarning sabablari jamiyatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik beqarorligi, psevdomadaniyat ta’sirining kuchayishi, yoshlarning qadriyat yo’nalishlari mazmunining o’zgarishi, noqulay oila va maishiy munosabatlar natijasida yuzaga keladi. Munosabatlar, xatti-harakatlar ustidan nazorat yo’qligi, ota-onalarning haddan tashqari bandligi.
13 – yoshli Azizbek buvisi bilan yolgʻiz yashaydi. Maktabga har doim kechga qolib keladi, buning ustiga oʻqituvchilarga hurmatsizlik qilib, sinfdoshlarini darsdan chalgʻitib oʻtiradi. Soʻnggi paytlarda baholari ham pasayib ketgan. Sinf rahbari Azizbekdagi bu salbiy oʻzgarishlarni bartaraf etish uchun uning ota- onasi bilan bogʻlanmoqchi boʻldi. Ammo uning ota-onasi bolasini buvisiga tashlab, chet elga ishlashga ketgan. Azizbekning bu harakatlarini buvisiga aytganida esa, u buvisining ham gaplariga quloq solmayotgani, dars qilish oʻrniga koʻchaga oʻrtoqlari bilan oʻynashga ketib qolayotganini aytdi.
1.Bu vaziyatda sinf rahbari qanday yoʻl tutishi kerak?
2.Azizbekning xulqi bunday oʻzgarib ketishiga nima sabab boʻlgan deb oʻylaysiz?
3.Azizbekning buvisi bu vaziyatda nima qilishi kerak edi deb oʻylaysiz?
4.Azizbekning ota-onasi bu vaziyatda nima qila oladi?
5.Siz Azizbekning oʻrnida oʻzingizni qanday tutgan boʻlardingiz?
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling