Devorbop materiallarning mexanik va termik xossalari
Download 1.44 Mb.
|
Devorbop materiallarning mexanik va termik xossalari.pptx1111
Ko'pchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarda yuk ko'taruvchi va to'suvchi konstruktsiyalar uchun o'rtacha zichligi 500 kg/m3 mustaxkamligi 2,5–4 MPa bo'lgan avtoklav g'ovakli beton ishlab chiqarish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ular bunga sifatli texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yuqori-mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan konveyer liniyalaridan foydalanish hisobiga erishganlar.MDH mamalakatlarida ishlab chiqarish uskunalarining zamonaviyligi va ishlab chiqariladigan mahsulotlarining sifati bo'yicha xorijiy mamlakatlarnikidan ancha orqada hisoblanadi va shu sababli ko'pchilik korxonalarda g'ovakli betonning noavtoklav texnologiyasi o'zlashtirigan.Ushbu texnologiya soddaroq bo'lib energiyani kam iste'mol qiladi va shuning uchun mahsulot ancha arzonga tushadi. Bunday texnologiya bo'yicha olinadigan konstruktsion-issiqlik izolyasiyalovchi g'ovakli betonning o'rtacha zichligini 400-500 kg/m3 gacha, mustaxkamligini esa loyihaviy muddatlarda 2,5–3,5 MPa gacha etkazish mumkin. Bundan tashqari bunday betonlarning kapillyar g'ovakligini yo'qotish, issiqlik o'tkazuvchanligini kamaytirish, issiqlik bilan ishlov berishdan voz kechish, qirqishning yangi uslublarni qo'llash imkoniyatlari mavjud. 1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar avtoklav g'ovakli betonga xususiyatlari bo'yicha ekvivalent bo'lgan noavtoklav g'ovakli beton yaratish mumkinligini ko'rsatib turibdi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling